Kontent qismiga oʻtish

Petroley efiri

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Petroley efiri — toʻyingan ali-fatik uglevodorodlar (85% gacha 5 ta va 6 ta uglerodli uglevodorodlar) aralashmasi. Rangsiz suyuqlik, qaynash temperaturasi 30—80°, zichligi 650–700 kg/m3; tarkibida olefin va aromatik uglevodorodlar, oltingugurt, suv va mexanik aralashmalar boʻlmasligi zarur. Neft yoki gidrokreking mahsulotlarining yengil fraksiyasidan, shuning-dek, katalizator ishtirokida SO2va N2 dan sintez yoʻli bilan olinadi. Smolalar, yogʻlar, efir moylari va boshqalarni eri-tishda erituvchi sifatida qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil