Petropavlovsk-kamchatskiy
Petropavlovsk-kamchatskiy (1822—1924-yillarda — Petropavlovskiy port) — Rossiya Federatsiyasi Kamchatka viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Kamchatka yarim orolning sharqida. Tinch okeanning Avacha buxtasi sohilidagi port. Aholisi 198,9 ming kishi (1998). Tral bilan baliq ovlash va muzxonali flotiliya ba-zasi. Kema verfi; kema taʼmirlash, kema taʼmirlashmexanika, baliq-kon-serva zavodlari va boshqa bor. Qurilish mate-riallari ishlab chiqariladi. Rossiya Fanlar akademiyasining Vulkanologiya instituti, Tinch okean baliq xoʻjaligi va okeanografiya institutining Kamchatka boʻlimi, pedagogika instituti, Uzok, Sharq baliq sanoati va xoʻjaligi texnika institutining filial i, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi, telemarkaz mavjud. Petropavlovsk-kamchatskiyga 1740-yilda ikkinchi Kamchatka ekspeditsiyasi asos solgan. Shaharning nomi ekspe-ditsiyaning "Svyatoy Apostol Pyotr" va "Svyatoy apostol "Pavel" kemalari nomidan olingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |