Kontent qismiga oʻtish

Pfizer/BioNTech COVID-19 vaksinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pfizer/BioNTech vaksinasi — (BNT162b2) Germaniyaning BioNTech biotexnologiya kompaniyasi tomonidan Amerika Pfizer va Xitoyning Fosun Pharma[1][2] bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan COVID-19ʼga qarshi mRNA asosidagi vaksinadir. Pfizer — BioNTech COVID - 19 vaksinasi[3] deb nomlangan pandemiyaning dastlabki bosqichlarida Comirnaty[4][5] savdo belgisi ostida tarqatilgan.

2021-yil BioNTech kompaniyasi amerikalik hamkori Pfizer bilan birgalikda 2022-yilda 3 milliard dozagacha koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarmoqchi. Ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirishi ham mumkin. Biroq vaksina miqdori talabga bogʻliq. Vaksinadan tushadigan daromad 2021-yilda 15 milliard dollarga teng boʻlishi taxmin qilingan[6].

Preparat mushak ichiga yuborishga moʻljallangan. Bu lipid nanozarrachalarida[7][8] joylashtirilgan SARS-CoV-2 boshoqli oqsilining mutant shaklini kodlovchi nukleosid-modifikatsiyalangan mRNKdan iborat vaksinadir. Emlash uchun uch hafta oraligʻida ikki doza qabul qilinadi.

Vaksina 2020-yil avgust va sentabr oylarida minglab odamlarda sinovdan oʻtkazilgan. Sinovlarda jiddiy yon taʼsiri qayd etilmagan. Noyabr oyiga kelib, oraliq test tahlili doirasida COVID-19 tashxisi qoʻyilgan va ushbu vaksinani qabul qilgan tadqiqot ishtirokchilarida tekshiruv olib borilgan. Unda ikkinchi dozadan keyin yetti kun ichida infeksiyani oldini olishda 90 foizdan yuqori samaradorlikka erishilgani maʼlum boʻlgan. Bolalarga, homilador ayollarga yoki immunitet tanqisligi boʻlgan odamlarga qarshi emlashning samaradorligi va immunitetga javob berish muddati hozircha nomaʼlum[9][10].

Uchinchi bosqich sinovlari hali ham davom etayotgani sabab favqulodda vaziyatlarda avtorizatsiya talab qilinadi: asosiy natijalarni kuzatish 2021-yil avgust oyiga qadar va ikkinchi darajali natijalarni kuzatish 2023-yil yanvar oyiga qadar davom etadi. Buyuk Britaniya ushbu vaksinani favqulodda vaziyat protokoli boʻyicha foydalanishga ruxsat bergan birinchi mamlakat boʻldi. Undan keyin Bahrayn, Saudiya Arabistoni va AQSh, Kanada esa tezkor koʻrib chiqish jarayonidan soʻng toʻliq marketing vakolatini olgan.

Buyuk Britaniyaning sogʻliqni saqlash xizmati tomonidan koronavirusning „hindcha“ shtammiga qarshi qaysi prepatar samarali ekanini aniqlash maqsadida tadqiqot oʻtkazilgan. Unda ijobiy natija koʻrsatgan vaksinalar qatorida Pfizer ham qayd etilgan. Pfizer vaksinasining ikki dozasi „hindcha“ shtammning „B.1.617.2“ turiga qarshi 88 foiz va Britaniyaning „B.1.1.7“ koronavirus variantiga qarshi 93 foiz samarali boʻlgan[11]. Shuningdek, Texas universiteti olimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadqiqotda vaksina laboratoriya sharoitida «brazilcha» shtammni zararsizlantira olgan. Jarayon davomida klinik sinovlarning soʻnggi bosqichida qatnashganlardan olingan qon namunalari tahlil qilingan. Natijada ishtirokchilarning qonida yangi shtammlarni zararsizlantira oladigan antitanachalar paydo boʻlganligi aniqlangan. Tadqiqotdan olingan ma’lumotlarga koʻra, Pfizer vaksinasi koronavirusning nafaqat oddiy, balki xavfli shtammlarini ham zararsizlantira olgan. Xususan, tadqiqot davomida vaksina britancha hamda razilcha shtammni bir xil, Janubiy Afrika shtammini esa nisbatan pastroq koʻrsatkichda zararsizlantirdi[12].

Isroilning Tel-A-Shomer tibbiyot markazi tadqiqotchilari vaksinani birinchi dozadan keyin 85 foizga samarali deb baholadi[13]. Shuningdek, vaksinani Isroilning Clalit tadqiqot instituti va Ben-Gurion nomidagi universitet olimlari Michigan universiteti hamda Garvard tibbiyot maktabi mutaxassislari bilan birgalikda sinovdan oʻtkazgan. Jarayon davomida taxminan 1,2 million kishi ishtirok etgan. Izlanish paytida tadqiqot mualliflari 16 yosh va undan yuqori boʻlgan, 2020-yil 20-dekabrdan 2021-yil 1-fevralgacha emlangan qariyb 600 ming kishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni emlanmagan xuddi shu yosh va jinsdagi odamlarning maʼlumotlari bilan taqqoslagan. Tadqiqot natijasiga ko'ra, vaksina ikkinchi dozadan keyin 90 foizdan yuqori samaradorlikni namoyish etgan. Ya'ni olimlarning maʼlumotlariga koʻra, BNT162b2 preparatining samaradorligi birinchi dozadan keyin 57 foizni, ikkinchisidan keyin esa 94 foiz ni tashkil etgan. Samaradorlik xastalikning ogʻir koʻrinishida ham yuqori natija koʻrsatgan: birinchi dozadan keyin 62 foiz, ikkinchisidan keyin 92 foiz[14]. Shuningdek, isroillik olimlar Pfizer tomonidan ishlab chiqilgan vaksina koronavirusning „Janubiy Afrika shtammi“ga samarasiz ekanini aniqlashdi[15]. Avstriyada Pfizer vaksinasi bilan emlangan 41 kishi vafot etgan. Oʻlimlar emlanish sababli yuz bergani haqida aniq ayblov yoʻq[16].

Vaksinaning bolalardagi sinovi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

«Pfizer» kompaniyasi 2021-yil mart oyidan Germaniyaning „BioNTech“ kompaniyasi bilan birga 12 yoshgacha boʻlgan bolalarda vaksina xavfsizligi va samaradorligini klinik sinovdan oʻtkazishni boshladi. Tadqiqot natijalari 2021-yilning ikkinchi yarmida tayyor boʻladi. Birinchi bosqichga 144 nafar bola qamrab olingan. Keyinchalik yana 4500 nafar bola ishtiroki ta’minlanadi[17].

Salbiy ta’siri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiyada 30–40 yosh oraligʻidagi ayolda „Pfizer“ vaksinasi bilan emlangandan keyin birinchi anafilaksiya holati tasdiqlandi. Vaksina organizmiga yuborilganidan keyin besh daqiqa ichida ayolni kuchli yoʻtal tutgan, koʻz qovogʻi shishgan va butun tanasi titray boshlagan. Shifokorlar tomonidan kerakli choralar koʻrilgach, ayolning ahvoli yaxshilangan. Ayolda astma kasalligi boʻlgani sabab hodisaga allergik reaksiya sabab boʻlgan, deya taxmin qilingan[18].

AQSh kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi koronavirusga qarshi emlangan baʼzi yoshlarda yurak muammolari paydo boʻlishi haqida xabarlarni koʻrib chiqmoqda. Yurak muammolari qatoriga miokardit, yaʼni odatda yurak faoliyati yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin boʻlgan yurak mushaklari (miokard)ning yalligʻlanishi kiritilgan. Muammolar asosan Moderna va Pfizer vaksinalarining ikkinchi dozasini olganidan toʻrt kun oʻtgach oʻsmirlar va yoshi kattalarda namoyon boʻlgan. Bundan tashqari, kasallar orasida erkaklar ayollarga qaraganda koʻproq ekani aytilgan[19].

  1. „Draft landscape of COVID-19 candidate vaccines“ (en). WHO (2021-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 8-yanvar.
  2. „Das China-Syndrom“ (de). Wirtschaftskurier (2020-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
  3. „Comirnaty“ (en). Comirnatyglobal (2021-yil 22-yanvar). — „На начальной стадии пандемии вакцина может распространяться под названием Pfizer‑BioNTech COVID‑19 Vaccine“. Qaraldi: 2021-yil 22-yanvar.
  4. „EMA recommends first COVID-19 vaccine for authorisation in the EU“ (en). EMA (2020-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.
  5. „Swissmedic erteilt Zulassung für den ersten Covid-19-Impfstoff in der Schweiz“ (de). Swissmedic (2020-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 19-dekabr.
  6. „«BioNTech/Pfizer» 2022 йилда 3 миллиард дозагача вакцина ишлаб чиқаради“. Bugun.uz. 2021-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 11 март. (Wayback Machine saytida 2021-07-22 sanasida arxivlangan)
  7. Edward E. Walsh, Robert W. Frenck, Ann R. Falsey, Nicholas Kitchin, Judith Absalon. Safety and Immunogenicity of Two RNA-Based Covid-19 Vaccine Candidates // The New England Journal of Medicine. — 2020-10-14. — ISSN 0028-4793. — DOI:10.1056/NEJMoa2027906.
  8. Edward E. Walsh, Robert Frenck, Ann R. Falsey, Nicholas Kitchin, Judith Absalon. RNA-Based COVID-19 Vaccine BNT162b2 Selected for a Pivotal Efficacy Study // medRxiv. — 2020-08-28. — DOI:10.1101/2020.08.17.20176651.
  9. „Despite promise, many questions remain about Pfizer's Covid-19 vaccine“ (en). NBC News. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  10. „Covid vaccine: First 'milestone' vaccine offers 90% protection“. BBC News (2020-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  11. Bugun.uz. „Коронавируснинг «ҳиндча» штаммига самарали бўлган илк вакциналар аниқланди“. https://bugun.uz/. 2021-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
  12. „Коронавируснинг барча штаммларини зарарсизлантирадиган вакцина номи маълум бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 10 март.
  13. „«Pfizer» вакцинасининг биринчи дозадан кейинги самарадорлиги баҳоланди“. Bugun.uz. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 19 февраль. (Wayback Machine saytida 2021-07-09 sanasida arxivlangan)
  14. „«Pfizer» вакцинасининг оммавий эмлаш пайтидаги самарадорлигига баҳо берилди“. Bugun.uz. 2021-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 25 февраль. (Wayback Machine saytida 2021-07-12 sanasida arxivlangan)
  15. „«Pfizer» вакцинаси коронавируснинг «Жанубий Африка» штаммига самарасиз экани аниқланди“. Bugun.uz. 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 12 апрель. (Wayback Machine saytida 2021-07-13 sanasida arxivlangan)
  16. „Австрияда «Pfizer/BioNTech» билан эмланган 41 киши вафот этди“. Bugun.uz. 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 2 март. (Wayback Machine saytida 2021-07-13 sanasida arxivlangan)
  17. „«Pfizer» вакцинасини болаларда синовдан ўтказиш бошланди“. Bugun.uz. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
  18. „Японияда биринчи марта «Pfizer» вакцинаси билан эмланган беморда хавфли ножўя таъсир кузатилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 6 март. (Wayback Machine saytida 2021-07-15 sanasida arxivlangan)
  19. Bugun.uz. „АҚШда коронавирусга қарши эмланганларда юрак муаммолари аниқланди“. https://bugun.uz/. 2021-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-may.