Phoebe Bridgers
Phoebe Bridgers | |
---|---|
Bridgers Glastonbury Festival 2022da | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
17-avgust 1994-yil Pasadena, California, U. S. |
Janrlar | |
Cholgʻular |
|
Faoliyat yillari | 2007-bugungi kungacha |
Leybllar | |
Guruhlari | Boygenius |
Sobiq guruhlari | |
Fuqaroligi | AQSh |
Veb-sayt | phoebefuckingbridgers.com |
Phoebe Lucille Bridgers (1994-yil 17-avgustda tugʻilgan) — amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. Uning indie folk musiqasi odatda akustik gitara va elektronik instrumentlar atrofida ohangdor lirik mavzularga ega. U oʻn bir nominatsiya boʻyicha toʻrtta Grammy mukofotiga sazovor boʻlgan.
Bridgers Kaliforniyaning Pasadena shahrida tugʻilgan va yoshligidan musiqa ijro etgan. U Sloppy Jena guruhining aʼzosi edi. U 2017-yilda oʻzining debyut yakkaxon albomi hisblangan Stranger in the Alpsni, undan keyin 2020-yilda Punisher albomini chiqaradi va ikkalasi ham tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻladi. Phoebe Lucille Bridgers shuningdek Boygenius superguruhining aʼzosi boʻlib, guruh bilan 2018-yilda Boygenius deb nomlangan debyut Mini-albomni, soʻngra 2023-yilda yana bir mini-albomni chiqargan. U shuningdek, „Bright Eyes“ guruhidgi Conor Oberst bilan Better Oblivion Community Center aʼzosi edi. u bilan birga bitta albom va ikkita singl chiqardi.
Bridgers Taylor Swift, the 1975 guruhi aʼzosi Matty Healy, Muna, SZA, Kid Cudi, Christian Lee Hutson, Shame, and the National kabi turli sanʼatkorlar bilan ishlagan. Bridgers progressiv siyosiy qarashlarga ega va turli sabablarga koʻra himoya qilgan va hayriya tadbirlarida ishtrirok etgan.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Phoebe Lucille Bridgers 1994-yil 17-avgustda Kaliforniyaning Pasadena shahrida tugʻilgan[1][2]. Uning onasi Jamie koʻchmas mulk va stend-komediyada ishlagan, otasi esa kino va televizor dekoratsiyasi quruvchisi edi. Uning Jackson ismli ukasi bor[1]. Ota-onasi u 19 yoshligida ajrashishgan[3]. Bridgers Pasadenada katta boʻlgan, lekin bolaligining bir qismini Kaliforniyaning Ukiah shahrida oʻtkazgan[1][4]. Bolaligida u Pasadena dehqon bozorida savdo qilib, qoʻshimcha pul ishlay boshlaydi[3]. 13 yoshida gitara chalishni boshlagan[1]. Sequoyah Schoolni tugatgandan soʻng, u 2009-yilda Los-Anjeles okrugi oʻrta sanʼat maktabida vokal jazz boʻyicha oʻqishni boshlaydi[5][6]. Keyinchalik u Bostondagi Berklee College of Musicga qabul qilinadi, ammo keyinchlalik oʻqishni tashlaydi[7].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014—2018: Ilk urinishlar va Stranger in the Alps
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bridgers oʻrta maktabda oʻqib yurganida ham Einsteinʼs Dirty Secret va Sloppy Jane kabi turli guruhlarning aʼzosi boʻlgan va Los-Anjeles boʻylab tez-tez yakkaxon sifatida kuylagan[8][9]. Oʻz karerasiga eʼtibor qaratish uchun kollejga bormaslikka qaror qiladi. Bridgersning LA musiqa sahnasida oʻsib borayotgan ishtiroki uning prodyuseri Tony Berg bilan doʻstlashishiga olib keldi va u Bridgersning birinchi albomida bepul prodyuserlik qilgan[10]. Sloppy Jane bilan Apple reklama roligida oʻynash unga moliyaviy erkinlikni taʼminlaydi, shuning uchun u birinchi navbatda oʻz yozuvini toʻldirishni va keyin uni Leyblga sotishni rejalashtiradi[11]. Bu unga Stranger in the Alpsda boʻladigan qoʻshiqlarni yaratish uchun koʻproq vaqt va ijodiy erkinlik berdi. Taxminan oʻsha paytda Bridgers amerikalik qoʻshiqchi-qoʻshiq muallifi Ryan Adams bilan oʻzaro hamkorlar orqali uchrashdi va uning PAX AM leybli ostida Killer mini-albomini chiqaradi[12][13][14][15][16]. Bridgers, shuningdek, Julien Bakerni Sharqiy qirgʻoq boʻylab 2016-yilgi safarida qoʻllab-quvvatlaydi[17][18].
2017-yil yanvar oyida Bridgers „Smoke Signals“ singlini chiqaradi va Conor Oberstni Yevropa gastrollarida boʻladi[19]. Ikkalasi bir yil avval yozda Oberst tomonidan Los-Anjelesdagi Bootleg teatrida uyushtirilgan maxfiy koʻrgazmada uchrashishgan. U va uning „Bright Eyes“ guruhidagi sherigi Mike Mogis „Stranger in Alps“ga vokal va prodyuserlik qilishda hissa qoʻshishgan[20]. Bridgers The Joy Formidable va Ryan Adams guruhiga AQShdagi gastrollariga qoʻshiladi. U keyin 2017-yil mart oyida South by Southwestda kuylagan[19]. Bridgers 2017-yil iyun oyida mustaqil Dead Oceans leybli bilan shartnoma imzolaydi.
Phoebe Bridgers 2017-yil sentabr oyida oʻzining „Stranger in the Alps“ debyut studiyaviy albomini chiqargan va tanqidchilar olqishiga sazovor boʻlgan[21][22]. Albom Tony Berg, Ethan Gruska va Rob Mus tomonidan prodyuserlik qilingan boʻlib, ularning barchasi Bridgers bilan doimiy hamkorlarga aylanishgan[23]. Albomni targʻib qilish uchun Bridgers CBS This Morning va NPR Tiny Desk telekanallarida chiqish qilgan[24]. Yozuvdagi koʻplab qoʻshiqlar 2018-yil davomida Switched at Birth, Castle, Burden of Truth, Lethal Weapon va Trinkets, kabi koʻplab televizion koʻrsatuvlarda namoyish etiladi[25][26][27][28][29].
Bridgers Lord Huron, Fiona Apple, Matt Berninger and the National, Andrew Bird, Manchester Orchestra, the 1975, Maggie Rogers, Kid Cudi, Taylor Swift, va SZA kabi ijodkorlar bilan birga ishlagani sababli „seriyali hamkor“ degan nom oladi. U undan tashqari Conor Oberst, Julien Baker va Lucy Dacus bilan toʻliq albom loyihalarida ishtirok etgan[30][31].
2018-2019: Boygenius va Better Oblivion Community Center
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bridgers 2018-yilda boshqa indie qoʻshiqchi-qoʻshiq mualliflari Julien Baker va Lucy Dacus bilan hamkorlikda Matador Records bilan imzolangan Boygenius superguruhini tuzadi[32]. Ular 2018-yil avgust oyida uchta qoʻshiqni chiqarishgan. Keyinchalik 2018-yil 26-oktabrda Boygenius deb nomlangan EPni chiqarishadi va keng eʼtirofga sazovor boʻlishadi[33][34]. Pitchfork guruhni „moʻjiza“ deb atagan[35]. Guruh noyabr oyida AQSh boʻylab gastrollarda boʻlib, Seth Meyers va NPR Tiny Desk bilan „Late Night“ koʻrsatuvida qatnashadi[36].
Phoebe Bridgers 2018-yilning 5-dekabrida Nyu-Yorkdagi Spotify Studiosda yozilgan Spotify Singles seansini chiqaradi, unda „Scott Street“ va the Cure rok guruhining „Friday I’m in Love“ muqovasi namoyish etildi[37][38].
Bridgers va Conor Oberst 2019-yil yanvar oyida The Late Show with Stephen Colbertda Better Oblivion Community Center guruhini tashkil etishini eʼlon qilishadi[39]. Ular oʻsha oyning oxirida Dead Oceans leybli orqali debyut albomini chiqarishgan. Guruh CBS This Morning kanalida chiqishadi va Bridgers uchinchi marta NPRning Tiny Desk seriyasida koʻrinish beradi[40]. Tiny Desk Concerts yaratuvchisi Bob Boilen uning albomi haqida shunday dedi: „Bu noyob musiqiy hamkorlik boʻlib, unda har biri boshqasining ijodiy tomoniga joʻshqinlik baxsh etadi“[41].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bridgers amerikalik musiqachi Ryan Adams bilan 2014-yilda munosabatlarni boshlagan[3][42][43]. Ular nomaʼlum vaqt ichida ajralishadi. Phoebening „Motion Sickness“ qoʻshigʻi ularning munosabatlari haqida yozilgan. Bridgers va boshqa olti ayol The New York Times gazetasining 2019-yilgi hisobotida Adamsni hissiy zoʻravonlikda ayblaydilar[44]. Bridgers keyinchalik amerikalik musiqachi Marshall Vore bilan munosabatga kirishadi. Marshall Vore gastrollarda barabanchi boʻlib ishlaydi va boshqa musiqalarda hamkorlik ham qilgan. Ular oʻz munosabatlari haqida „ICU“ singlini yozdilar va doʻst va hamkor boʻlib qolishadi[45].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Petrusich, Amanda (May 17, 2020). „Phoebe Bridgers's Frank, Anxious Music“. The New Yorker. Qaraldi: October 24, 2020.
- ↑ Paiella, Gabriella. „Phoebe Bridgers has auspicious astrology“. GQ (2019-yil 30-sentyabr). 2020-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Barber-Way, Mish „Cover Story: Phoebe Bridgers“. The Fader (2018-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 14-iyul.
- ↑ „Reminder: Ukiah Idol Winners“ (en-US). Ukiah Daily Journal (2016-yil 16-avgust). Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
- ↑ Castellanos, Camila „Sequoyah Songstress Turned Star, Bridgers Styles Singular Sound“. Outlook Newspapers (2019-yil 24-yanvar). 2020-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-noyabr.
- ↑ Wood, Michael „Why L.A.'s Phoebe Bridgers has everybody talking“ (en-US). Los Angeles Times (2017-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 31-yanvar.
- ↑ Tanzer, Myles. „Phoebe Bridgers on Following Up Her Grammy-Nominated Album, 'Punisher'“ (en-US). The Wall Street Journal (2021-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 3-mart.
- ↑ Silberberg, David „Einstein's Dirty Secret Live At The Roxie“. Youtube (2012-yil 18-yanvar).
- ↑ Barber-Way, Mish „Phoebe Bridgers Fader Interview“. the Fader. Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr.
- ↑ „Phil Taggart's Slacker Podcast: Phoebe Bridgers“. Acast.com.
- ↑ „No Effects Podcast with Jesse Cohen – Episode 100, Phoebe Bridgers“. Acast.com. 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
- ↑ Armstrong, Chuck „Phoebe Bridgers on Working With Ryan Adams (Who Compares Her to Bob Dylan)“. Diffuser (2015-yil may). Qaraldi: 2016-yil 12-iyun.
- ↑ Grant, Kimberly „Newcomer Phoebe Bridgers Releases "Killer." a New 7" Produced by Ryan Adams on Pax-Am“. No Depression. 2016-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-iyun.
- ↑ Vain, Madison. „Stream Phoebe Bridgers and Daniel Clarke's new Pax-Am 7-Inch Series releases“. Entertainment Weekly. Qaraldi: June 12, 2016.
- ↑ „Phoebe Bridgers: Killer“. KCRW. 2016-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-iyun.
- ↑ „PHOEBE BRIDGERS: KILLER“. FrostClick (2014-yil 13-iyul). Qaraldi: 2016-yil 12-iyun.
- ↑ Claro, Allison „Julien Baker Closed Out Her East Coast Tour with Phoebe Bridgers & Petal to a Sold Out Crowd at NYC's Bowery Ballroom on April 27, 2016“. Zumic (2016-yil 2-may). 2017-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-iyul.
- ↑ Bidiman, Craig „Sad Songs Make Artist Julien Baker Feel Better“. The Mass Media. 2022-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-iyul.
- ↑ 19,0 19,1 Sacher, Andrew „Phoebe Bridgers opening Joy Formidable acoustic shows, touring with Ryan Adams“. Brooklyn Vegan (2017-yil 20-fevral).
- ↑ Barber-Way, Mish „Cover Story: Phoebe Bridgers“. The Fader.
- ↑ „Phoebe Bridgers Signs to Dead Oceans; Debut Album Coming Soon“ (en-US). Dead Oceans. 2017-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-iyun.
- ↑ „Reviews and Tracks for Stranger in the Alps by Phoebe Bridgers“ (en-US). Metacritic. Qaraldi: 2017-yil 27-sentyabr.
- ↑ Roberts, Christopher „Phoebe Bridgers Shares Video for I Know the End“. Under the Radar Mag. Under the Radar Magazine.
- ↑ Thompson, Steven „Phoebe Bridgers: Tiny Desk Concert : NPR“ (en-US). NPR (2017-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 3-may.
- ↑ „Music from Switched at Birth S3E05“. TuneFind. Qaraldi: 2017-yil 3-yanvar.
- ↑ „Music from Castle S8E02“. TuneFind. Qaraldi: 2017-yil 3-yanvar.
- ↑ „Music from Burden of Truth S1E07“. Tunefind. Qaraldi: 2021-yil 3-may.
- ↑ „Music from Lethal Weapon S3E02“. Tunefind. Qaraldi: 2021-yil 3-may.
- ↑ „Music from Trinkets (aka Gatunas) S1E08“. Tunefind. Qaraldi: 2021-yil 3-may.
- ↑ Aswad, Jem „Phoebe Bridgers' 'Punisher': Album Review“ (en-US). Variety (2020-yil 18-iyun). Qaraldi: 2023-yil 3-may.
- ↑ Bloom, Madison; Monroe, Jazz „The National's Matt Berninger Teams With Phoebe Bridgers for New Song in Between Two Ferns: The Movie“ (en-US). Pitchfork (2019-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 24-sentyabr.
- ↑ McCarthy, Lauren „A Conversation with Boygenius Gets Weird“ (en-US). W Magazine (2018-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 3-may.
- ↑ Rincón, Alessandra (August 21, 2018). „Julian Baker, Lucy Dacus, Phoebe Bridgers Form Boygenius, Release Three Singles From EP: Listen“. Billboard (ingliz (Amerika)). Qaraldi: February 22, 2019.
- ↑ „Boygenius [EP by boygenius Reviews and Tracks“] (en-US). Metacritic. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
- ↑ Evans, Dayna „boygenius EP Album Review“. Pitchfork. Conde Nast.
- ↑ Boilen, Bob „Boygenius: Tiny Desk Concert“ (en-US). NPR (2018-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 3-may.
- ↑ „Revisit Phoebe Bridgers' cover of The Cure song 'Friday I'm In Love'“ (en-US). Far Out Magazine (2020-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 3-aprel.
- ↑ Kamp, Justin „Phoebe Bridgers Covers The Cure in New Spotify Singles“ (en-US). Paste (2018-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
- ↑ „Better Oblivion Community Center: Phoebe Bridgers & Conor Oberst Surprise Drop Long Rumored Debut #Album“. Music News Net. 2019-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-fevral.
- ↑ Kaplan, Ilana (January 26, 2019). „See Conor Oberst, Phoebe Bridgers Perform 'Better Oblivion Community Center' Songs on 'CBS This Morning'“. Rolling Stone (ingliz (Amerika)). Qaraldi: June 22, 2020.
- ↑ Boilen, Bob „Video: Watch Better Oblivion Community Center Perform At The Tiny Desk“ (en-US). NPR (2019-yil 24-aprel). Qaraldi: 2020-yil 1-aprel.
- ↑ Jordan, Jerilyn. „The fun and fractured world of Phoebe Bridgers“ (en). Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.
- ↑ Armstrong, Chuck „Phoebe Bridgers on Working With Ryan Adams“. Diffuser.fm (2015-yil 1-may). Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.
- ↑ Coscarelli, Joe; Ryzik, Melena. „Ryan Adams Dangled Success. Women Say They Paid a Price.“. The New York Times (2019-yil 13-fevral). Qaraldi: 2020-yil 8-oktyabr.
- ↑ Martoccio, Angie (May 19, 2020). „Phoebe Bridgers Drops Stellar New Song, 'I See You,' Announces Virtual World Tour“. Rolling Stone. Qaraldi: February 19, 2021.