Kontent qismiga oʻtish

Fransuz tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Phransiya arudan yoʻnaltirildi)
Fransuz tili
Milliy nomi français
Mamlakatlar Fransiya, Fransiyaning dengizorti qaram yerlari, Kanada, Belgiya, Shveysariya, Livan, Lyuksemburg, Monako, Jazoir, Tunis; Kot-d'Ivuar, Kongo demokratik respublikasi, Niger, Senegal; Gaiti, Mavrikiy; Laos, Kambodja, Vyetnam; Meksika; AQShning shtati Luiziana
Rasmiylik holati 29ta mamlakat, ular ichida Fransiya, Belgiya, Kanada, Shveysariya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 270 million
Turkumlanishi
Til oilasi Hind-Yevropa
Alifbosi lotin
Til kodlari
ISO 639-1 fr
ISO 639-2 fre (B); fra (T)
ISO 639-3 fra

Fransuz tilihindevropa tillari oilasining roman guruhiga mansub til; Fransiya, Fransiya Gvianasi, Gaiti, Monako, Benin, BurkinaFaso, Gabon, Gvineya, Kongo Demokratik Respublikasi, Kongo Respublikasi, Kot d’Ivuar, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Niger, Senegal, Togo, Chad davlatlarining rasmiy tili; Belgiya Qirolligi, Shveysariya Konfederatsiyasi, Kanada, Lyuksemburg, Andorra, Kamerun, Madagaskar, Burundi, Ruanda, Komor Orollari Federativ Islom Respublikasi, Jibuti, Vanuatu, Seyshel Orollari davlatlaridagi rasmiy tillardan biri. Italiya va AQShning belgili hududlarida ham tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 100 mln. kishidan, Fransiyaning oʻzida 57 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning 90-yillari). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.

Asosiy lahjalari: frans (hozirgi Fransuz tilining tarixiy negizi), shim. (Belgiyadagi normand, pikard, vallon va boshqalar), gʻarbiy (anjuy, gallo va boshqalar), jan.gʻarbiy (puatevin), markaziy, jan.sharkiy (burgund, franshkont), sharqiy (lotaringiya, shampan), frankprovansal.

Fransuz tili istilochilar tili (lotin tili) va Galliya tub aholisi tillarining oʻzaro taʼsiri jarayonida shakllangan. Fransuz tili tarixi quyidagi davrlarga boʻlinadi: gallroman (5—8-asrlar), eski fransuz (9—13-asrlar), oʻrta fransuz (14—15-asrlar), ilk yangi fransuz (16-asr), yangi fransuzklassik (17—18-asrlar) va hozirgi fransuz (19-asrdan). Oʻrta asrlarda umumfransuz yozma tili maydonga keladi, 16-asrda milliy til (1539-yildan davlatning rasmiy tili) shakllanadi. 17-asrda adabiy til meʼyori barqarorlashadi. 20-asrda adabiy va ogʻzaki nutq oʻrtasida sezilarli farq paydo boʻladi. Dastlabki yozma yodgorliklari 8—9-asrlarga mansub.

Fonetik xususiyatlari sifatida urgʻusiz, ayniqsa, soʻz oxiridagi unlilarning reduksiyasi, urg`uning, asosan, soʻnggi boʻgʻinga tushishi, urg`u ta`sirida unlilarning oʻzgarishi, unlilar oʻrtasidagi va soʻz oxiridagi undoshlarning tushib qolishi va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Fransuz tili morfologiyasi uchun analitizm xarakterlidir (murakkab zamon, nisbat, qiyosiy darajalarning analitik shakllari). So`zlarning morfologik jihatdan oʻzgarmaslikka moyilligi kuzatiladi. Bir qancha fammatik ma`nolar (jins, son, shaxs)ning ifodalanishi koʻpincha sintaksis sohasiga koʻchiriladi, yordamchi soʻzlar keng qo`llanadi. Fe`l sohasida 4-mayl, 3 nisbat va keng tarmoqli zamon shakllari mavjud. Leksikasida gallardan saqlanib qolgan so`zlardan tashqari franklar tilidan saqlanib qolgan muayyan qatlam ham mavjud. Fransuz tili rivojida adabiy lotin tili katta rol oʻynagan; undan koʻplab soʻzlar, soʻz yasalish qoliplari, sintaktik tuzilmalar o`zlashgan.

Yozuvi bir qancha diakritik belgilar qoʻshilgan lotin alifbosi asosida shakllangan. Fransuz tili Belgiya, Shveysariya va Kanadada milliy variantlarga, Afrika mamlakatlarida esa, asosan, fonetik va lugʻaviy oʻziga xosliklarga ega.[1]

Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla Mirzayev.

Fransuz tili (français) asosan Fransiya, Belgiya, Luksemburg va Shveysariyada kelib chiqqan, bugungi kunda esa dunyoning 54 mamlakatidagi 300 million odam[2] uchun ona tili yoki ikkinchi til bo`lmish roman tildir.

Fransuz va niderland tili, Brussel shahri
  1. "Fransuz tili" OʻzME. F-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. "Les francophones dans le monde"
  • Balli Sh., Obshaya lingvistika i voprosi fransuzskogo yazika, per. s frans., M., 1955; Balli Sh., Fransuzskaya stilistika, per. s frans., M., 1961; Referovskaya Ye. A., Formirovaniye romanskix literaturnix yazikov. Fransuzskiy yazik, L., 1980; Gak V.G., Teoreticheskaya grammatika fransuzskogo yazika, ch. I—II, M., 1986.