Kontent qismiga oʻtish

Burkina Faso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Burkina Faso
ShiorUnité, Progrès, Justice
(Fransuzcha: Ittifoq, Taraqqiyot, Adolat)
Madhiya: Une Seule Nuit
Location of Burkina Faso
Poytaxt Uagadugu
Rasmiy til(lar) Fransuz tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Ibrohim Traore
Apollinaire Joachim Kyélem de Tambèla
Mustaqillik (Fransiyadan)
• Sana
5-avgust 1960
Maydon
• Butun
274,200 km2 (73-oʻrin)
• Suv (%)
0.146
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
13,925,313 (63-oʻrin)
• Zichlik 50/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$16,830 mil. (119-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$1,209
Pul birligi CFA Franc (XOF)
Vaqt mintaqasi UTC+0
• Yoz (DST)
UTC+0
Qisqartma UV
Telefon prefiksi 226
Internet domeni .bf

Burkina Faso (Bourkina Faso) (1984 yil avgustgacha Yuqori Volta Respublikasi) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. BMT aʼzosi. Mayd. 274,2 ming km2. Aholisi 10,4 mln. kishi (1990-yillar oxiri). Poytaxti Uagadugu shahri. Maʼmuriy jihatdan 45 viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amaldagi konstitutsiya 1991-yil 2-iyundagi referendumda maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 yil muddatga saylanadi va cheklanmagan miqdorda qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Milliy assambleya. Ijrochi hokimiyat — prezident va u tomonidan tayinlanadigan bosh vazir boshchiligidagi hukumat.

Yer yuzasi qiradirlardan iborat 200–500 m gacha balandlikdagi plato. Jan.gʻarbidagi togʻlar 750 m gacha boradi. Iqlimi — subekvatorialmusson, shimoliy hududlarida quruq mavsum 8—10 oy davom etadi. Oʻrtacha oylik temperatura 2426° dan 30—35° gacha. Yiliga 500–1000 mm gacha yogin yogadi. Asosiy daryolari — Qora Volta va Oq Volta. Tuproqlari qizil va qizilqoʻngʻir, laterit tuproqlar. Oʻsimliklari savannaga xos, ayrim joylarida oʻrmon va butazorlar uchraydi. Hududining 9% oʻrmon. Savannalarda arslon, qoplon, fil, buyvol, kiyik kabi hayvonlar saqdanib qolgan. Jan.da sese pashshasi tarqalgan. Milliy bogʻlar va qoʻriqxonalar, jumladan mamlakat sharqida DublBe, Kurtyagu, Arli milliy bogʻlari bor.

Aholisining asosiy qismi (50%) mosilar; lobi, fulbe, bobo va b. xalqlar ham yashaydi. Aholining 50%dan koʻprogʻi mahalliy anʼanaviy dinlarga, 40% musulmon diniga eʼtiqod qiladi; qolganlari xristianlar. Shahar aholisi 9%ni tashkil etadi. Rasmiy tili — fransuz tili.

Arxeologiya topilmalariga Karaganda, Burkina-Fasoda neolit davrida odamlar yashagan. Shimoli-gʻarbda qad. istehkomlar va quduqlar, Yatenga atrofida ovchilar va yovvoyi jonivorlar tasvirlangan qoya rasmlari topilgan. 11-asrda Burkina Faso hududida mosilar davlati tarkib topa boshladi. 14-asrda Uagadugu, Yatenga va b. davlatlar boʻlgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida fransuz mustamlakachilari tomonidan bosib olindi. 1904-yil Burkina Faso Fransiyaning Yuqori SenegalNiger mustamlakasi tarkibiga qoʻshib olindi. 1919 yil Fransiya Gʻarbiy Afrikasi tarkibida alohida maʼmuriy birlik qilib ajratildi, lekin 1932 yil Fransiya Burkina Faso hududini Fil Suyagi Qirgʻogʻi, Niger va Fransiya Sudani mustamlakalari oʻrtasida boʻlib yubordi. 1947-yil Burkina Faso avvalgi chegaralarda Fransiyaning "dengiz ortidagi hududi" sifatida tiklandi, 1958 yil dekabrda Burkina Faso davlat makrmini oldi va Fransiya Hamdoʻstligi tarkibida muxtor respublika deb eʼlon qilindi. 1960 yil 5 avgustda mustaqillikka erishdi. 1984 yil 4 avgustdan Burkina Faso deb atala boshladi. M. Yameogo Yuqori Volta Respublikasi (hoz. BurkinaFaso)ning birinchi prezidentidir. 1983 yilgacha bir necha marta davlat toʻntarishi boʻldi. 1983 yil 4 avgustda hokimiyat"tepasiga T. Sankara boshchiligidagi Milliy inqilob kengashi keldi. 1987 yilda esa Burkina Fasoda navbatdagi davlat toʻntarishi boʻlib, kapitan Blez Kompaore boshchiligidagi Xalq fronti hokimiyatni qoʻlga oldi. B. Kompaore—1991 yil 1 dekabrdan mamlakat prezidenti. 1991-yil mamlakatda koʻp partiyali tizim joriy etildi. Burkina Faso—1960 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetami 1992-yil 25-yanvarda tan olgan. Milliy bayrami — 4 avgust— Inqilob kuni (1983).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Demokratiya va federatsiya uchun alyans, 1990 yilda tuzilgan partiya; Afrika demokratik birlashmasi partiyasi; Demokratiya va taraqqiyot kongressi partiyasi, 1996 yilda tuzilgan; Ilgor vatanparvarlar milliy konventi — Sotsialdemokratik partiya, 1991 yil tuzilgan; Demokratiya va taraqqiyot partiyasi, 1993 yilda tuzilgan; Xalq fronti, turli siyosiy va ijtimoiy tashkilotlar uyushmasi, 1987 yilda tuzilgan. Burkina Faso bosh mehnat konfederatsiyasi, 1988 yilda tuzilgan; Burkina Faso mehnatkashlari kasaba birlashmasi, 1958 yilda tashkil etilgan.

Burkina Faso — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 40%, sanoatning ulushi —14%. Ekin maydonining 75%ga gʻalla ekiladi. Qishloq xoʻjaligining asosiy mahsulotlari: paxta, yer yongʻoq, moyli palma, shakarqamish, sholi, batat, loviya. Dare baliqchiligi bilan shugullaniladi. Yaylov chorvachiligi ustun. 4 mln.ga yaqin qoramol bor. Yiliga 68 ming t goʻsht yetishtiriladi. 100 ga yaqin korxona, jumladan yogoch tilish, paxta tozalash, toʻqimachilik, yogʻsovun, charmpoyabzal, sholi oklash korxonalari, kushxonalar bor. Simob, oltin, marganes, nikel, marmar qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 157 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Chetga qoramol, chorvachilik mahsulotlari, paxta, yer yongʻoq, sabzavot, kunjut urugi sotadi. Chetdan mashina va asbobuskunalar, oziq-ovqat, neft maqsulotlari oladi. Avtomobil yoʻllarining uz. 4,6 ming km, temir yoʻl uzunligi — 1155 km. Tashqi savdo-sotiqdagi mijozlari: Fransiya. Kotd’Ivuar; Germaniya, Kanada, AQSH, Niderlandiya bilan ham yaqin aloqa bogʻlagan. Xalqaro aeroportlari: Uagadugu, BoboDiulaso. Pul birligi — Afrika franki.

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Burkina Fasoda davlatning 9 shifoxonasi va 400 dan ortiq boshqa tibbiy muassasalar bor. 3,6 mingoʻrinli shifoxonalarda 150 shifokor, 800 dan ortiq hamshira va akusher ishlaydi.

Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mustaqillik eʼlon qilinguncha (1960) aholi savodsiz edi. Istiqlol sharofati bilan maorifni rivojlantirish rejasi qabul etildi. Qishloqlarda 3 yillik taʼlim markazlari ochildi, majburiy bepul boshlangʻich taʼlim yoʻlga qoʻyildi. Burkina Fasoda davlat maktablari bilan bir qatorda pulli xususiy maktablar ham bor. 6 yoshdan boshlab bolalar uchun 6 yillik boshlangʻich, qishloq joylarda 3 yillik toʻliqsiz boshlangʻich maktablar mavjud. Toʻliqsiz oʻrta maktab (kollej) 4 yillik, toʻliq oʻrta maktab (litsey) 7 yillik. Boshlangʻich maktab negizida 4 yillik quyi hunartexnika taʼlimi, 7 yillik oʻrta texnika taʼlimi yoʻlga qoʻyilgan. Boshlangʻich maktablar uchun oʻqituvchilar pedagogika bilim yurtlarida 3 yil davomida, oʻrta maktablar uchun oʻqituvchilar universitetda tayyorlanadi. Burkina Fasoda Uagadugu universiteti (1969 yilda Oliy taʼlim markazi sifatida tashkil etilgan, 1974 yildan universitet maqomini olgan), Kino va telekoʻrsatuv oʻquv instituti bor. Mamlakatdagi yirik ilmiy muassasalar: Ilmiy tadqiqot markazi, Tropik qishloq xoʻjaligi instituti, Ilmiytexnika tadqiqotlari byurosi, konchilikgeol. direkiiyasi, Tropik oʻrmon texnika markazi (1963), Milliy pedagogika instituti, Paxta va toʻqimachilik instituti, Iqtisodiy va ijtimoiy fanlar markazi va b. Unt huzuridagi kutubxona, Milliy pedagogika institutining kutubxonasi, Ilmiy tadqiqotlar markazi huzuridagi kutubxona, Konchilikgeol. direksiyasining kutubxonasi mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Burkina Fasodagi yirik gaz. va jurnal lar: "Sidvaya" ("Haqiqat", fransuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1984 yildan), "Byulten de lajans denformason dyu Burkina" ("Burkina axborot agentligining byulleteni", fransuz tilida chiqadigan haftalik jurnal), "Jurnal dyu jyodi" ("Payshanbalik gazeta", fransuz tilidagi haftalik gaz., 1991 yildan), "Maten" ("Tong", fransuz tilidagi haftanoma, 1992 yildan), "Pen" ("Mamlakat", fransuz tilidagi kundalik gaz., 1991 yildan). Burkina Faso axborot agentligi 1963 yilda tashkil etilgan. Burkina milliy radioeshittirishi hukumat agentligi. Burkina Faso milliy telekoʻrsatuviga 1963 yilda asos solingan.

Adabiyoti 20-asr 60-yillarining oʻrtalaridan boshlab fransuz tilida rivojlanaboshladi. R. Nikyemningxalqogʻzaki ijodi uslubidagi "Gʻaraz" romani 1967 yilda bosilib chikdi. P. Dabire oʻzining "Samsoa" romanida mosilarning qishloq hayotini tasvirladi. S. Kulibali sheʼr va romanlari bilan mashhur boʻldi. A. Kere sheʼrlari ona yurt tabiatini madh etadi. F. Passer, E. Savadogo, J. Yu. Bazye va b. milliy adabiyotni rivojlantirishga hissa qoʻshdilar. 1984 yilda nashr etilgan "BurkinaFaso sheʼriyati antologiyasi"ga kirgan asarlar mamlakatning oʻtkir ijtimoiysiyosiy muammolarini aks ettiradi. Yosh shoirlar urushga qarshi, yer yuzida tinchlikni saqlash mavzularini qalamga olmoqdalar.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Burkina Faso xalqlari (moyey, bobo, fulbe va b.)ning turar joyi konus shaklidagi doirasimon yoki yassi tomli toʻgʻriburchakli 4—5 xonali uylardan iborat. Baʼzi xalklarning mustahkamlangan turar joylari 2—3 qavatli yassi tomli doirasimon minoralarni eslatadi. Guvaladan doirasimon qilib tiklangan don omborlarining devorlariga "koʻz tegmasin" deb ayollar, toshbaqalar va echkemarlar tasviri tushirilgan. Guvaladan yassi tomli mayejidlarni minora va mezanalar bilan birga qurish odat boʻlgan. Ayrim imoratlarning peshtoqiga kiyik shoxlari va turli naqshlar solingan yogʻochlar ilib qoʻyiladi. Hoz. fransuz meʼmorlari loyihasi asosida zamonaviy binolar qurilmoqda. Bronzadan yasalgan buyumlarda oʻsimlikka oʻxshatib naqsh solingan sanʼat asarlari yaratiladi. Milliy kiyim-kechaklarga moviy rangda turli naqshlar tikiladi.

Burkina Fasodagi koʻpgina xalqlarning musiqiy anʼanalari xilmaxil. Kishloq jamoalarida mehnat jarayonlari, bayram marosimlari, diniy rasmrusumlarga bagishlangan turlicha musiqiy uslub va yoʻsinlar bor. Koʻpincha musiqa, rake va qoʻshiq birga ijro etiladi. Bayram marosimlarida ijro etiladigan koʻpgina qoʻshiqlarda ajdodlar ruhiga murojaat etilib, sihatsalomatlik, omonesonlik va moʻl hosil boʻlishi haqidagi tilaklar aytiladi. Cholgʻu asboblari: nay, doʻmbira, chang, gʻijjak va hayvon shoxlaridan yasalgan karnay kabilar. Keyingi yillarda zamonaviy musiqani rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Uagadugudagi milliy teatr va milliy folklor dastasi, bir qancha estrada ashula va raqs dastalari mavjud.

1969 yilda Uagaduguda boʻlib oʻtgan 1Umumafrika kinofestivali milliy kinematografiyaning rivojlanishiga turtki boʻldi. Birinchi toʻliq metrajli film 1972 yilda yaratilgan. Keyinchalik "Yarash yoʻli", "Xudoning inʼomi", "PokoPoko" kabi filmlar yuzaga keldi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.