Kontent qismiga oʻtish

Pichoq oʻyin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pichoq oʻyin (kordbozlik) — kad. o'zbek sirki tomoshalaridan biri. Oʻzbekistonning janubiy hududlarida keng tarqalgan boʻlib, 18-19-asrlarda bayram, sayil, toʻy va boshqa katta maʼrakalarda namoyish etib kelingan. P.oʻ. 1- 2 kishi, ayrim hollarda 4 kishi tomonidan bajarilgan. Ijrochilar nogʻora, surnay navolari ostida 2 tadan 10 tagacha boʻlgan pichoq bilan turli jangovar harakatlar koʻrsatib, tomoshabinlarni hayratda qoddirganlar. Agar kordbozning bir oʻzi chiqadigan boʻlsa, u iloji boricha koʻproq pichoq oʻynatishga harakat qilgan. Pichoqlarni qoʻllarining tez va chaqqon harakatlari bilan qoʻltigʻidan, boʻynidan, butidan oʻtkazib olishi orqaligina emas, akrobatik tryuklar yordamida ham oʻyin namoyish qilgan.

2 - kordboz chiqqanda, ular raqs vositalari bilan mohir, epchil va jangovar ikki jangchi obrazini berishga harakat qilgan. Kordbozlar shamshir va nayza bilan ham turli oʻyinlar koʻrsatishgan.

20-asrda P.oʻ.ni Z.Mirzayev, Rajab kordboz va boshqa namoyish qilishgan. 1940— 50 yillarda professional o'zbek sirki tarkibida kordboz Abdulla Azizxon oʻzining pichoq va xanjarlar oʻyini bilan koʻplab shaharlarda tomosha koʻrsatgan. Hozirgi kunda P.oʻ. anʼanaviy sirk guruhlarida ijro etilmoqda.

Poʻlat Toshkanboyev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil