Pierluigi Gollini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pierluigi Gollini
Gollini 2017-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pierluigi Gollini[1]
Tavallud sanasi 18-mart 1995-yil (1995-03-18) (29 yosh)
Tavallud joyi Bologna, Italiya
Boʻyi 1.94 m[2]
Ampluasi darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Fiorentina (on loan from Atalanta)
Raqami 95
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010—2012 Fiorentina
2012—2014 Manchester United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2016 Hellas Verona 29 (0)
2016—2018 Aston Villa 20 (0)
2017—2018Atalanta (ijara) 11 (0)
2018 Atalanta 78 (0)
2021—2022Tottenham Hotspur (ijara) 0 (0)
2022Fiorentina (ijara) 3 (0)
Milliy terma jamoa
2012—2013

Italiyaning 18 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
7 (0)
2013—2014

Italiyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
8 (0)
2015

Italiyaning 20 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
2 (0)
2016—2017

Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
3 (0)
2019 Italiya milliy futbol terma jamoasi 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 28-avgust uchun)

Pierluigi Gollini (talaffuzi: Pierluiji Gollini) (1995-yil 18-martda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. Pierluigi Gollini A Seriya vakili „Fiorentina“ futbol klubi va Italiya milliy futbol terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi. "Manchester United" futbol klubining yoshlar akademiyasida tarbiyalangan Pierluigi Gollini oʻzining professinal faoliyatini 2014-yilda „Hellas Verona“ futbol klubida boshladi. Pierluigi Gollini keyinchalik 2016-yilda „Aston Villa“ futbol klubi tarkibiga qoʻshildi.

Klublardagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hellas Verona[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pierluigi Gollini „Hellas Verona“ futbol klubiga 2014-yilda „Manchester United“ futbol klubining yoshlar akademiyasidan kelib qoʻshilgan edi. Pierluigi Gollini 2014-yilning 24-sentabrida „Genoa“ klubiga qarshi uchrashuvda (2:2) A Seriyadagi debyut oʻyinini oʻtkazdi[3].

Aston Villa[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Verona" klubi bilan ikki mavsumdan soʻng, Pierluigi Gollini 2016-yilning 8-iyulida „Aston Villa“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[4]. Ertasi kuni Pierluigi Gollini „Aston Villa“ jamoasi safida birinchi marta Avstriyaning „Grazer AK“ futbol klubi jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (8:0) maydonga tushdi[5].

Atalanta[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 13-yanvarida Pierluigi Gollini Italiyaning „Atalanta“ futbol klubi bilan 18 oylik ijara shartnomasi imzoladi. 2018-yil 10-iyunda Pierluigi Gollini nomaʼlum toʻlov evaziga „Atalanta“ futbol klubi bilan yana bir marta doimiy shartnoma imzoladi[6]. Pierluigi Gollini „Atalanta“ klubining UEFA Chempionlar Ligasidagi debyut mavsumida har bir oʻyinda maydonga tushdi va jamoaning oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egallab, 1/8 finalga yoʻllanma olishiga katta hissa qoʻshdi[7].

Tottenham Hotspur[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 24-iyulida Pierluigi Gollini Premer-liga vakili „Tottenham Hotspur“ klubiga mavsum uchun ijara asosida qoʻshildi[8]. Pierluigi Gollini klubdagi debyut oʻyinini 2021-yil 19-avgustda, UEFA Yevropa Konferensiya ligasining birinchi oʻyinida „Paços de Ferreira“ futbol klubiga qarshi oʻyinda boshladi. Ushbu oʻyin 1:0 hisobidagi „Tottenham Hotspur“ klubining magʻlubiyati bilan yakunlandi[9]. Pierluigi Gollini 2022-yil 2-iyun kuni „Atalanta“ futbol klubiga qaytdi[10].

Fiorentina[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 9-iyulida Pierluigi Gollini „Fiorentina“ futbol klubi safiga sotib olish opsiyasi bilan mavsumiy ijara asosida qoʻshildi[11].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil iyun oyida Gollorius taxallusi ostida Pierluigi Gollini „Rapper coi guanti“ (qoʻlqopli rapchi) rap musiqasini chiqardi. Bundan tushgan pulni xayriya ishlariga sarfladi[12].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Mintaqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Hellas Verona 2014—2015 A Seriya 3 0 0 0 3 0
2015—2016 26 0 1 0 27 0
Jami 29 0 1 0 0 0 0 0 30 0
Aston Villa 2016—2017 Championat 20 0 0 0 20 0
Atalanta (ijara) 2016—2017 A Seriya 4 0 0 0 4 0
2017—2018 7 0 1 0 0 0 8 0
Jami 11 0 1 0 0 0 0 0 12 0
Atalanta 2018—2019 A Seriya 20 0 3 0 4 0 27 0
2019—2020 33 0 1 0 7 0 41 0
2020—2021 25 0 4 0 3 0 32 0
Jami 78 0 8 0 0 0 14 0 100 0
Tottenham Hotspur (ijara) 2021—2022 Premer-liga 0 0 1 0 3 0 6 0 10 0
Fiorentina (ijara) 2022—2023 A Seriya 3 0 0 0 5 0 8 0
Jami 141 0 11 0 3 0 25 0 180 0

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Italiya milliy futbol terma jamoasi 2019 1 0
Jami 1 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Club list of registered players: As at 19th May 2018: Aston Villa“. English Football League. Qaraldi: 16-iyun 2018-yil.
  2. „P. GOLLINI“. soccerway.com. Qaraldi: 5-avgust 2021-yil.
  3. „Hellas Verona vs. Genoa - 24 September 2014 - Soccerway“. soccerway.com. Qaraldi: 28-sentabr 2014-yil.
  4. „Pierluigi Gollini: Aston Villa sign Hellas Verona goalkeeper“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (8-iyul 2016-yil). Qaraldi: 8-iyul 2016-yil.
  5. „Match report: GAK Graz 0-8 Villa“. Aston Villa FC (9-iyul 2016-yil). Qaraldi: 10-iyul 2016-yil.
  6. „Pierluigi Gollini: Aston Villa sell goalkeeper to Atalanta after loan spell“ (inglizcha). BBC Sport (10-iyun 2018-yil). Qaraldi: 10-iyun 2018-yil.
  7. „Shakhtar Donetsk 0-3 Atalanta: Italian side reach Champions League last 16“ (inglizcha) (11-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
  8. „Gollini loan agreed“. Tottenham Hotspur FC (24-iyul 2021-yil). Qaraldi: 25-iyul 2021-yil.
  9. Morgan, Richard. „Pacos de Ferreira 1-0 Tottenham: Much-changed Spurs lose Europa Conference League play-off first-leg tie“. Sky Sports (20-avgust 2021-yil).
  10. „Player update“. Tottenham Hotspur F.C. (2-iyun 2022-yil). Qaraldi: 2-iyun 2022-yil.
  11. „GOLLINI SIGNS FOR FIORENTINA“. ACF Fiorentina. Qaraldi: 9-iyul 2022-yil.
  12. „Gollorius, il rapper Gollini lancia il singolo e rinnova con l'Atalanta“ (italyancha). sport.sky.it (9-iyun 2018-yil).