Piet Velthuizen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Piet Velthuizen
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Piet Hubertus Velthuizen[1]
Tavallud sanasi 3-noyabr 1986-yil (1986-11-03) (37 yosh)
Tavallud joyi Nijmegen, Netherlands
Boʻyi 1.89 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Goalkeeper
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
SCE
Quick 1888
0000-2006 Vitesse/ AGOVV
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006-2010 Vitesse 108 (0)
2010-2011 Hércules 3 (0)
2011-2016 Vitesse 108 (0)
2016-2017 Hapoel Haifa 27 (0)
2017 Omonia 9 (0)
2018-2019 AZ 0 (0)
2020 Telstar 0 (0)
2021 Fortuna Sittard 2 (0)
Milliy terma jamoa
2007-2008 Netherlands U-21 8 (0)
2008-2009 Netherlands B 3 (0)
2009 Netherlands 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 16-may uchun)

Piet Velthuizen (talaffuzi: Pit Vyeltxyoyzen; 1986-yil 3-noyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik darvozabon. 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Gollandiya terma jamoasida qatnashgan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vitesse[tahrir | manbasini tahrirlash]

Velthuizen Vitessedagi debyutini 2006-yil 31-dekabrda Villem IIga qarshi oʻyinda (2:2) o‘tkazgan. Sky Sports maʼlumotlariga koʻra, 2008-yilda Yevropadagi eng istiqbolli darvozabonlar qatoriga kirgan[2]. 2007—2008-yilgi mavsumda „Vitess“ning asosiy jamoasiga oʻtib, shartnomasini 2011-yilgacha uzaytirdi[3].

Hércules[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilning yozida Velthuizen Ispaniyaning Hércules jamoasiga 800 000 yevro evaziga qoʻshildi. Darvozabon klub bilan barcha musobaqalarda bor-yoʻgʻi 5 ta oʻyin oʻtkazdi.

Vitessega qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ispaniyadagi bir mavsumdan soʻng, Velthuizen yana Vitessga qoʻshildi yana asosiy darvozabonga aylandi.

Hapoel Haifa[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Velthuizen Hapoel Haifaga qoʻshildi. Klubning asosiy darvozaboni boʻldi, oʻsha mavsumda ligada 8-oʻrinni egallashdi

Omonia Nicosia[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 17-iyulda Velthuizen Kipr birinchi divizioni vakili Omonia Nicosia klubi bilan shartnoma imzoladi[4]. 2018-yilning 1-yanvarida 9 oʻyindan soʻng shartnomasini bekor qildi[5].

AZ Alkmaar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki mavsumdan soʻng Velthuizen ona vataniga qaytib, 2018-yil 28-avgustda AZ Alkmaarga qoʻshildi[6]. Oʻsha mavsumda maydonga tushmadi va mavsum oxirida erkin agent boʻldi.

Telstar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 10-fevralda, yetti oylik klubsiz qolganidan so‘ng, Eerste diviziyasi vakili Telstarga qo‘shildi[7]. Mavsum oxirida klubni tark etdi.

Fortuna Sittard[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 26-fevralda Velthuizen Fortuna Sittardga yarim mavsumlik shartnoma asosida qoʻshildi[8]. Klubdagi debyutini ikki kundan keyin Groningenga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Velthuizen Gollandiya terma jamoasiga birinchi chaqiruvni 2008-yilning 21-martida Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga oldi[9]. 2009-yil 5-sentabrda Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Michel Vormning o‘rniga 2-taymda maydonga tushgan holda milliy terma jamoadagi debyutini o‘tkazdi. 3:0 hisobidagi g‘alabada o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi[10].

2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foppe de Haan 2008-yilda Pekinda (Xitoy) boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlari uchun Velthuizenni terma jamoaga kiritgan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

23-fevral, 2020-yil
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Vitesse 2006—2007 Erediviziya 8 0 0 0 0 0 8 0
2007—2008 Erediviziya 33 0 0 0 33 0
2008—2009 Erediviziya 33 0 2 0 35 0
2009—2010 Erediviziya 33 0 2 0 35 0
2010—2011 Erediviziya 1 0 0 0 1 0
Jami 108 0 4 0 0 0 112 0
Hércules 2010—2011 La Liga 3 0 2 0 5 0
Vitesse 2011—2012 Erediviziya 29 0 3 0 4 0 36 0
2012—2013 Erediviziya 34 0 0 0 4 0 38 0
2013—2014 Erediviziya 34 0 3 0 4 0 41 0
2014—2015 Erediviziya 11 0 1 0 0 0 12 0
2015—2016 Erediviziya 0 0 1 0 1 0
Jami 108 0 8 0 12 0 128 0
Hapoel Haifa 2016—2017 Isroil Premyer-ligasi 27 0 5 0 1 0 33 0
Omonia 2017—2018 Kipr birinchi divizioni 9 0 0 0 9 0
AZ Alkmaar 2018—2019 Erediviziya 0 0 0 0 0 0
Telstar 2019—2020 Eerste Diviziya 0 0 0 0 0 0
Jami faoliyati 255 0 19 0 1 0 12 0 287 0

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Terma jamoa Ishtirok Gollar
2007—2008 Niderlandiya U21 8 0
2008—2009 Niderlandiya B 3 0
2009 Niderlandiya 1 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Interview Piet Velthuizen – Vitessespelers
  2. Gerrit van Leeuwen. „Gunners check on Dutch keeper“. Sky Sports (2008-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2008-yil 28-yanvar.
  3. „Keeper happy at Vitesse“. Sky Sports (2008-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2008-yil 28-yanvar.
  4. „Ποδοσφαιριστής της ΟΜΟΝΟΙΑΣ ο Piet Velthuizen“. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  5. „The best free transfer keepers“. Goal (2018-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
  6. „Piet Velthuizen tekent bij AZ“.
  7. „DPG Media Privacy Gate“.
  8. Het is rond: Piet Velthuizen tekent bij Fortuna Sittard, sportnieuws.nl, 26 February 2021
  9. „Van Basten neemt Velthuizen mee“ (nl). De Telegraaf (2008-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2008-yil 21-mart.
  10. „Netherlands beat Japan 3–0 in friendly“. Associated Press (2009-yil 5-sentyabr). 2009-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 7-sentyabr.