Pieter Gerken

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pieter Gerkens (talaffuzi: Piter Gerkens; 1995-yil 13-avgustda Bilzen shahrida tugʻilgan) — belgiyalik futbolchi, „Antwerp“ futbol klubida himoyachi hamda yarim himoyachi boʻlib faoliyat yuritagan.

Pieter Gerkens
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pieter Gerkens
Tavallud sanasi 13-avgust 1995-yil (1995-08-13) (28 yosh)
Tavallud joyi Bilzen, Belgiya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Antwerp
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2013 Genk
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2015 Genk 34 (2)
2016—2017 Sint-Truiden 50 (16)
2017—2020 Anderlecht 73 (11)
2020— Antwerp 63 (5)
Milliy terma jamoa
2011 Belgiya U16 1 (0)
2011—2012 Belgiya U17 9 (1)
2012—2013 Belgiya U18 6 (0)
2013—2014 Belgium U19 13 (2)
2014 Belgiya U21 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(8-may uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pieter Gerkens „Genk“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanagan. 2013-yilning 28-noyabrida Yevropa ligasi doirasida Kiyevning „Dinamo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Pieter Gerkens asosiy jamoa safida debyut qilgan[1]. 2014-yilning 9-fevralida „Brugge“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Pieter Gerkens „Genk“ jamoasi safida ilk golini raqib darvozasiga kiritgan[2].

2016-yil boshida Pieter Gerkens „Sint-Truiden“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 7-fevral kuni „Standard de Liège“ bilan oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[3]. 23-aprel kuni „Lokeren“ futbol klubiga qarshi bahsda Pieter Gerkens „Sint-Truiden“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[4].

2017-yilning yozida Pieter Gerkens „Anderlecht“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 20-avgust kuni oʻzining avvalgi klubi „Sint-Truiden“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Pieter Gerkens ikkinchi boʻlimda Aleksandra Kipcha oʻrniga maydonga tushib, yangi jamoasi safida debyut qilgan[5]. 13-oktabr kuni „Mechelen“ klubiga qarshi oʻyinda Pieter Gerkens „Anderlecht“ futbol klubi safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritgan[6].

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda Belgiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Pieter Gerkens Sloveniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan[7][8]. Turnirda Pieter Gerkens Polsha, Gollandiya va Sloveniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Slovenlarga qarshi kechgan bahsda Pieter Gerkens gol urgan[9].








Jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum
KRC Genk Belgiya bayrogʻi Belgiya 2013—2015
Sint-Truidense Belgiya bayrogʻi Belgiya 2016—2017
RSC Anderlecht Belgiya bayrogʻi Belgiya 2017—2020
Royal Antwerp Belgiya bayrogʻi Belgiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Генк VS. Динамо Киев 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (28-noyabr 2013-yil). 15-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-noyabr 2017-yil.
  2. „Генк VS. Брюгге 1:3“ (inglizcha). soccerway.com (9-fevral 2014-yil). 5-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-noyabr 2017-yil.
  3. „Стандард Льеж VS. Сент-Трюйден 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (7-fevral 2016-yil). 23-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-noyabr 2017-yil.
  4. „Сент-Трюйден VS. Локерен 2:2“ (inglizcha). soccerway.com (23-aprel 2016-yil). 25-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-noyabr 2017-yil.
  5. „Андерлехт VS. Сент-Трюйден 2:3“ (inglizcha). soccerway.com (20-avgust 2017-yil). 30-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-noyabr 2017-yil.
  6. „Мехелен VS. Андерлехт 3:4“ (inglizcha). soccerway.com (13-oktabr 2017-yil). 23-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-noyabr 2017-yil.
  7. „Польша (до 17) VS. Бельгия (до 17) 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (4-may 2012-yil). 11-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-noyabr 2017-yil.
  8. „Нидерланды (до 17) VS. Бельгия (до 17) 0:0“ (inglizcha). soccerway.com (7-may 2012-yil). 4-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-noyabr 2017-yil.
  9. „Бельгия (до 17) VS. Словения (до 17) 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (10-may 2012-yil). 4-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-noyabr 2017-yil.