Kontent qismiga oʻtish

Pigmentatsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pigmentatsiya (lot. pigmentum – boʻyoq, rang) – odam terisi, koʻz qorachigʻi, sochi va junining pigmentlar bilan boʻyalishi. Inson toʻqimalarining rangi undagi har xil pigmentlar miqdorita bogʻliq. Teri, soch va koʻz qorachigʻining rangi pigment – melanin bilan belgilanadi. Teri, koʻz qorachigʻi va soch tusining har xil boʻlishi bu aʼzolardagi melaninning miqdori va qanday joylashishiga bogʻliq. Ularda melaninning boʻlmasligi albinizm hodisasi-dir. Umr mobaynida P. bir necha bor oʻzgarib turadi. Melanin teriga jigarrang tuye beradi. Rang quyukligidagi farqlar melaninning miqdori va joylashishiga bogʻliq. Rang darajasidagi farqlarga turar joy sharoitining har xilligi (oʻrmon va ochiq joylarda yashash) ham sabab boʻladi. Tashqi taʼsirlar tu-fayli teri rangidagi individual ta-fovutlar qanchalik muhim boʻlmasin, gu-ruhlararo farqlar birinchi oʻrinda turadi va terining rangi irqiy sistematikada asosiy xususiyatlardan biri hisoblanadi.

Soch tusi qobiq qatlamidagi melanin moddasining miqdori va holati bilan belgilanadi. Qobiq qatlam hujayralarida donador pigment qancha koʻp boʻlsa, soch shuncha qora boʻladi: aralash pigment sochga kizil tuye beradi. Koʻz qorachigining sargʻish yoki qora tusda boʻlishi pigment miqdoriga va uning qanday teranlikda joylashganiga bogʻliq. Pigmentning old qatlamlarda joylashishi koʻz qorachigʻining sariq yoki och sariq tusda boʻlishini taʼminlaydi. Koʻz qorachigʻida pigment notekis joylashgan boʻlsa, turli xil ranglar kelib chiqadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil