Pingvinlar
Pingvinlar (Sphenisciformes) -qushlarning bir turkumi. Suzuvchi, shoʻngʻuvchi, lekin ucha olmaydi. 16 turni birlashtiruvchi 6 urugʻi mavjud. Gavdasining uzunligi 30—120 sm, vazni 1–40 kg. Qorni va koʻkragi oq, orqasi toʻq koʻk yoki qora. Teri ostidagi qalin yogʻ qavati P.ni sovuqdan saqlaydi. Koʻkrak muskullari yaxshi rivojlangan. Qanotlari tangachasimon patlar bilan qoplangan kurakoyoqqa aylangan. Suzganda va shoʻngʻiganda ulardan eshkak sifatida foydalanadi. Muz va qor ustida sekin qadamlab yuradi. Pati mayin. Antarktida va Janubiy yarim sharning oʻrta min-taqalarida Tapkalgan. Baliq, boshoyokli mol-lyuskalar, qis-qichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Koloniya boʻlib uya kuradi. 1 — 2 ta tuxum qoʻyib, nari va modasi navbatlashib bosadi (adeli turi 35 kun), kirol P.i nari tuxumini (bitta) panjasida ushlab, qornidagi teri burma bilan oʻrab, isitadi (65 kun davomida). Goʻshti qat-tiq, mazasiz. Terisi ishlatiladi. Xalq-aro tabiatni muhofaza qilish ittifo-qining Qizil kitobiga 3 turi kiritilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |