Pip (dasturiy paket menejeri)
pip --help buyrugʻining natijasi | |
Asl muallif(lar) | Ian Bicking |
---|---|
Dastlabki foydalanishga chiqarilishi |
4-aprel, 2011-yil[1] |
Repozitoriy |
|
Yozilgan dasturlash tili | Python |
Platforma | Python |
Turi | Dasturiy paket menejeri |
Litseziyasi | MIT litsenziyasi[2] |
Veb sayt | pip.pypa.io |
Pip – Python dasturlash tilida yozilgan dasturiy paket menejeri boʻlib, dasturiy paketlarni oʻrnatish va boshqarish uchun foydalaniladi[3]. Python Software Foundation hamjamiyati Python ilovalarini ishlab chiqishda pipdan foydalanishni tavsiya qiladi[4]. Pip menejeri Python Package Index onlayn repozitoriyasiga ulanadi. Pip boshqa dasturiy taʼminot repozitoriyalariga faqatgina Python Enhancement Propasal 503 (PEP) standartlari orqali ulanishi mumkin[5].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlab Pip menejeri pyinstall nomi bilan 2008 yilda Ian Bicking (virtualenv dasturchisi) tomonidan EasyInstall paket menejeriga muqobil dastur sifatida ishlab chiqildi[6][7]. Ushbu dastur nomi „Pip Installs Packages“ nomining qisqartma shakli sifatida olingan[8]. 2011-yilda Python Packaging Authority(PyPA) tashkiloti Carl Meyer, Brian Rosner va Jannis Leidel boshchiligida pip va virtualenv paket menejerlariga texnik xizmat koʻrsatishni boshladi[7].
pip 6.0 versiyadan boshlab, paket menejeri versiyalari „X.Y“ formatda nomlanadigan boʻldi.
Buyruqlar qatori interfeysi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pipning dasturiy interfeysi pip install some-package-name
buyrugʻini ishga tushirish orqali Python dasturiy paketlarini oʻrnatadi.
Foydalanuvchilar quyidagi buyruqni berish orqali dasturiy paketni olib tashlashlari ham mumkin:
pip uninstall some-package-name
Python tilining muayyan versiyasi uchun paketlarni oʻrnatish quyidagi pip buyrugʻini berish orqali amalga oshiriladi, bunda ${version}
nomi 2, 3, 3.4 va shu kabi raqamlar bilan almashtiriladi:
pip${version} install some-package-name
.
setup.py oʻrnatish fayli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pip loyihalardan lokal tarmoqda foydalanish uchun setup.py fayli bilan oʻrnatish imkonini beradi. Bunda python loyihasi quyidagi fayl tuzilishiga ega boʻlishini talab qiladi:
example_project/
├── exampleproject/ Python manba kodi paketi
| ├── __init__.py Jildni dasturiy paket ichiga koʻchiradi
| └── example.py Namunaviy modul
└── README.md Loyiha haqidagi maʼlumotlar.
Ushbu strukturada foydalanuvchi setup.py faylini loyihaning boshiga qoʻsha oladi va u quyidagi tarkibga ega boʻladi:
from setuptools import setup, find_packages
setup(
name='example', # Paket nomi. Qachonki loyiha paket sifatida import qilinganda foydalaniladi.
version='0.1.0', #Versiya raqami
packages=find_packages(include=['exampleproject', 'exampleproject.*']) # Pip kerakli komponentlarni avtomatik o'rnatadi.
)
Shundan soʻng, pip menejeri ushbu loyihani bosh papkadan quyidagi buyruqni ishga tushirish orqali oʻrnatadi: pip install -e.
Boshqa repozitoriyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pip menejeri standart PyPI repozitoriyasidan tashqari boshqa repozitoriylarni ham qoʻllab-quvvatlaydi[9]. Bunday repozitoriya HTTP(s) URL manzilida yoki kompyuter fayl tizimida joylashgan boʻlishi kerak. Uchinchi tomon repozitoriyalari -i yoki --index-url option buyruqlarini berish yordamida aniqlanadi. Misol uchun:
pip install -i https://your-custom-repo/simple <package name>
yoki fayl tizimi orqali:
pip install -i /path/to/your/custom-repo/simple <package name>
.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Release 1.0“. GitHub. 2021-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-mart.
- ↑ „pip/LICENSE.txt“. Github (2018-yil 17-aprel). 2018-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-iyun.
- ↑ Kollár. „Managing Python packages the right way“ (en). Opensource.com. Red Hat. Qaraldi: 2019-yil 23-iyun.
- ↑ „Tool recommendations — Python Packaging User Guide“. packaging.python.org. Qaraldi: 2022-yil 9-noyabr.
- ↑ „pip install command line documentation“. pip.pypa.io.
- ↑ Bicking. „pyinstall: A New Hope“ (2008-yil 24-sentyabr). 2008-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-mart.
- ↑ 7,0 7,1 „Packaging History“. Python Packaging Authority. Qaraldi: 2020-yil 4-mart.
- ↑ Bicking. „pyinstall is dead, long live pip!“ (2008-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 24-noyabr.
- ↑ „Custom repository with pip install -i“. Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.