Kontent qismiga oʻtish

Piranograf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Piranograf (yunoncha: rug — olov, apo — yuqorida va ...graf) — toʻgʻri tushayotgan yoki tarqoq quyosh radiatsiyasi (nuri)ni uzluksiz qayd qilib borish uchun moʻljallangan asbob. Quyosh radiatsiyasini oʻlchaydigan asbob — piranometr va radiatsiyani oʻz-oʻzidan qayd qilib boradigan galvanometrdan iborat. Faqat tarqoq radiatsiyani oʻlchash uchun P. uchi quyosh nurining toʻgʻridan-toʻgʻri tushishidan asraydigan halqa ichiga oʻrnatiladi. Piranometrda radiatsiyani qabul qilish vazifasini ketma-ket tutashtirilgan manganin va konstanta boʻlaklaridan iborat termobatareya bajaradi. Quyosh radiatsiyasining mutlaq qiymatini olish uchun P. koʻrsatishlari pirgeliometr boʻyicha tekshiriladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil