Kontent qismiga oʻtish

Piretroidlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Piretroidlar — insektitsidlar, siklopropankarbon kombinata hosilariga mansub kimyoviy birikmalar guruhi. P.ning nisbatan kichik norma va past konsentratsiyali ish suyuqligini koʻpgina zararli hasharotlarga qarshi qoʻllaganda yuqori samaraga erishish mumkin. P. gʻoʻza va sabzavot ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashda istiqbolli preparatlardan hisoblanadi. Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish institutida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasiga koʻra qoʻllash uchun ruxsat etilgan preparatlar roʻyxatiga P.dan ambush, detsis, sumitsidin, sim-bush, ripkord, danitol, sumialfa, talstar, karate kiritilgan.

Juda koʻp zararkunandalarga taʼsir qilish xususiyatiga ega. Kapalaklar, qoʻngizlar, qandalalar, pashshalar, oʻsimlik bitlari, kanalar va oqqanotlarga qarshi qoʻllanganda yaxshi samara beradi. Gʻoʻzada, asosan, gʻoʻza tunlami, kuzgi tunlam, oʻsimlik bitlari, qan-dalalar va oqqanotlarga qarshi kurash uchun tavsiya etilgan. Sarf normasi 0,4–1 kg/ga; ish suyuqligi 200—300 l/ga. Oʻrtacha zaharli.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil