Kontent qismiga oʻtish

Pirildoq

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pirildoq, bizbizak — oʻz oʻqi atrofida tez aylanadigan moslama, oʻyinchoq. Qoʻl kuchi, shamol, prujina yoki ip yordamida aylantirib yuboriladi. P.aylantirib yuborilganda ogʻsa ogʻadiki, yiqilmaydi. P.ning ishi bevosita inersiya qonuniga bogliq. Uning har bir zarrasi aylanish oʻqiga perpendikulyar boʻlgan aylana boʻylab hara-kat qiladi. Har bir zarra aylanish oʻqiga perpendikulyar tekislikda qoladigan tarzda harakat qilishga intiladi. Shuning uchun P. yiqilmaydi. Tugma teshiklaridan ip oʻtkazib, ipning ikki uchini barmoqlarga kiygizgan holda ipni goh taranglab, goh boʻshashtirib oʻynaladigan P. bizbizak deb ataladi. P.ningxususiyatlaridan texnikida keng foydalaniladi. Kemalar, samolyotlar, kosmik apparatlarga P. xossasiga asoslangan har xil asboblar, giroskop, kompas va stabilizatorlar oʻrnatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil