Pirmastiy Afzali
Pirmastiy Afzali (1840 - Buxoro — 1915) — shoir va tazkiranavis. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Tib va bashorat ilmini ham yaxshi bilgan. Pirmast qishlogʻida 3 yil muftiy boʻlib ishlagan. 1900-yilda saroy xizma-tiga kirib, amir Abdulahad topshiri-gʻiga koʻra, tazkira tuzish bilan shugʻullangan. "Afzal ut-tazkir fi zikr ush-shuaro val-ashʼor" ("Shoirlar va sheʼr toʻgʻrisida eng afzal tazkira", 1904) tazkirasi adabiyotshunoslik tarixida "Afzal ut-tazkir" ("Tazkiralarning afzali") nomi bilan mashhur boʻlib, unda 19-asr 2yarmi va 20-asr boshlarida Buxoroda yashab ijod etgan 135 ijodkor haqida muhim maʼlumotlar berilgan. Tazkira oʻsha davrdagi Buxoro adabiy muhitini oʻrganishda qimmatli ilmiy manba hisoblanadi. Ushbu tazkira Du-shanbada nashr etilgan (1976). "Afzay" taxallusi bilan sheʼrlar ham yozgan. Sadr Ziyo "Navodiri Ziyoiya" ("Ziyo nodirliklari") tazkirasida P.ga yuqori baho bergan. Asar qoʻlyozmasi SanktPeter-burgdagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |