Kontent qismiga oʻtish

Pirogallol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pirogallol, pirogallol kislota yoki 1,2, 3 — trigidrok-sibenzol — organik birikma, 3 atomli fenol; rangsiz, hidsiz, havoda qorayadigan kristall modda. Mol.m. 126,11, suyuqlanish temperaturasi 133—134°, qaynash temperaturasi 309°. Suvda, spirtda va efirda yaxshi eriydi, zaharli, kuchli qaytaruvchi. P.ning ishqoriy eritmalari molekulyar kislorodni tez va miqdoriy yutish xususiyatiga ega boʻlgani sababli gazlarni analiz qilishda qoʻllanadi. Sanoatda galla kislotani kuruq haydab (dekarboksillab) olinadi. Analitik kimyoda, tibbiyotda va fotografiyada ishlatiladi. Baʼzi bir boʻyagichlarni sintez qilishda boshlangʻich modda hisoblanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil