Kontent qismiga oʻtish

Piroksenit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Piroksenit — bir yoki bir necha piroksenlardap iborat oʻta asosli togʻ jinsi. Baʼzan dala shpati, olivin va magnetit yoki titanomagnetit aralashgan boʻladi. P. gabbro-peridotitli magmatik togʻ jinslari guruhiga mansub. Tarkibidagi piroksen va ruda mine-rali turiga qarab P. ortopiroksenit, klinopiroksenit, bronzitit, giper-stenit, vebsterit (lersolit) kabi turlarga boʻlinadi. Undan tashqari, granat, ilmenit, slyuda, plagioklaz va asosiy aksessor minerallar sifatida xromshpinelidlar bilan magnetit qoʻshiladi. P.da 43-53% SiO2, 4-10% A12O3> 5-13% FeO+F2O3, 1324% MgO va 9-20% SaO boʻladi. P. giperbazitlar tarkibiga kiradi. Koʻpincha ishqorli jinslar va karbonatitlarda apatit, nodir-yer elementlari va boshqa foydali kazilmalar bilan birga uchraydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil