Pirometallurgiya
Pirometallurgiya (yun. rug -olov, ano — yuqori va metallurgiya) — metall va metall qotishmalarini yuqori (800—2200°) temperaturada olish hamda tozalash jarayonlari majmui. Metal-lurgiyanij asosiy va qad. usullaridan biri. 19-asr oxiri va 20-asr boshlaridan past temperaturada metall olish jarayonlari majmui — gidrometallurgiya rivojlan-di, lekin P. ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmadi. P. jarayonlari pishirish, eri-tish, konverterlash, rafinatsiyalash, distillash kabi usullarga boʻlinadi. Pishirish — turli gazlar muxitida materialga yuqori temperatura sharoitida ishlov berish (material qattiq hola-tini saqlaydi); bu jarayon turlicha pechlarda oʻtadi. Eritish — shixtani toʻla eritib, uni 2 qatlam (metall va shlak yoki metall va shteyn)ga ajratish; shaxta pechlar, qaytargich pechlari, elektr pechlar va boshqalarda boradi. Konverterlash — eritishning bir turi; bunda erigan materiallar (choʻyan, shteyn) va xom ashyolar (lom, konsent-ratlar)ga havo yoki kislorod puflanadi. Rafinatsiyalash — erigan xomaki metallarni qoʻshimchalar (tuzlar, ishqorlar, metallar) va boshqa yordamida ishlash. Distillash — kaytariladigan metallarni bugʻ holatiga kelti-rib, soʻngra kondensirlash. Rotorli pechlar (rux olishda), shaxta pechlari (qoʻrgʻoshin, qalay va boshqa olishda) va boshqalarda qoʻllanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mirboboyev V.A., Vasilyev G.P., Metallar texnologiyasi, T., 1971.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |