Kontent qismiga oʻtish

Piroplazmoz

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Piroplazmoz — qoramol, ot, choʻchqa va itlarda uchraydigan invazion kasallik. Piroplasma turkumiga mansub qon parazitlari keltirib chiqaradi. Qoʻzgʻatuvchisi oraliq xoʻjayin ishtirokida uning qizil qon tanachalari va ichki parenximatoz organlarida koʻpayadi. P.ni yaylov kanalari tarqatadi. Mavsumiy kasallik. Kasallangan hayvonda isitma, sariklik, kamqonlik va qon siyish kabi belgilar paydo boʻladi. Echki va qoʻylarda babezioz bilan bir vaqtda kechadi. Tashhis qonni lab. tekshiruvlariga koʻra qoʻyiladi.

Davolash: flavakridin, piro-plazmin, gemosporidin, berenil, azi-din va boshqa dori-darmonlar bilan davolanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil