Kontent qismiga oʻtish

Pirot jangi

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Pirot jangi
Sanalar 1885–yil 25-26–noyabr
Urush yeri Serbiya Pirot shahri
Natija Bolgariya g'alabasi
Qoʻmondonlar
Danail Nikolaev Petar Topalović

Pirot jangi (bolgarcha: Битка при Пирот, serbcha: Битка код Пирота)– 1885–yil 26-27–noyabr kunlarida Serb-Bolgar urushi vaqtida bo‘lib o‘tgan jang. Jang Bolgariya g'alabasi va sulh imzolanishi bilan yakunlandi. Urushdan so‘ng Buxarest kelishuvi tuzildi va Serb-Bolgariya urushini tugatilib, ikki davlat o'rtasida tinchlik o'rnatildi.

1885–yil 17-19–noyabr kunlari bo'lib o'tgan Slivnitsa jangida Bolgariya g'alabasidan so'ng bolgarlar armiyasi qarshi hujumga o'tdi[1]. Bolgar qoʻshinlari Gurgulyat (19–noyabr) va Dragoman (22–noyabr)da serblarni magʻlubiyatga uchratib, Pirot shahriga yetib kelishdi[2], u yerda serb Nishava armiyasi shaharning gʻarbidagi tepaliklarda mudofaa pozitsiyalarini egalladi[1].

26–noyabr kuni bolgarlar chegara bo'ylab serb qo'shinlarini mag'lub etib, Pirotga kirib borishdi. O'sha kuni soat 15:00 atrofida Bolgariya ilg'or gvardiyasi dushmanga qarshi kurash olib bordi va birinchi bo'lib frontning chap qanotida muvaffaqiyatga erishdi, kapitan Popov otryadi Divan hamda Cherni Vrah balandliklarini egallab olgandi. O'ng qanotda Serbiya Shumadija diviziyasining 10-polki, Pirotni himoya qilish uchun yuborilgan ikkita batalon orqaga chekindi. Chap qanotdagi to'qnashuvlarda bolgarlarda 48 kishi halok bo'ldi, 136 kishi yaralandi va 27 kishi bedarak yo'qoldi. Serblar esa 67 askarini yo'qotdi, 134 kishi yarador bo'ldi va 85 kishi asirga olindi. Serblar yomon qurollangan va eskirgan rus artilleriyasidan foydalanishgan, bolgarlar esa zamonaviy nemis qurollaridan foydalanganlar[3].

27–noyabrga o'tar kechasi serblar qayta to'planib, tongda Pirotni bolgarlardan qaytarib olishga muvaffaq bo'lishdi[4]. Mayor Gudjevning kolonnasi Shumadija diviziyasiga hujum qildi va bolgarlar serblarni Temska daryosiga chekinishga majbur qilishdi. Shumadija diviziyasining chekinishi Drina diviziyasini ham orqaga qaytishga majbur qildi. Serblar tungacha Pirotning janubiy qismida o'z pozitsiyalarini saqlab qolishga muvaffaq bo'lishdi[5]. Keyinchalik bolgarlar serblarni shahardan siqib chiqarishdi va Pirot shahri g'arbidagi serb qo'shinlariga hujum qilishdi[6]. Serblar shaharning janubida tungacha o'z o‘rinlarini saqlab qolishdi.

G'alabadan bir kun o'tgach, Bolgariya armiyasi jangning asosiy nishoni bo'lgan Nish shahriga yurishni davom ettirishga tayyorlandi. Ammo Bolgariya poytaxtidagi Avstriya-Vengriya delegatsiyasi, agar Bolgariyaning yurishni davom etsa, Avstriya-Vengriya Serbiya bilan ittifoq tuzishini ma'lum qildi. Natijada o'sha kuni sulh tuzildi[7]. 1886–yil 3–martdagi Buxarest shartnomasi urushga yakun yasadi[8].

  1. 1,0 1,1 Hall, Richard C.. War in the Balkans: An Encyclopedic History from the Fall of the Ottoman Empire to the Breakup of Yugoslavia. Bloomsbury Publishing, 2014 — 61-bet. ISBN 978-1-61069-031-7. 
  2. Пейчев, А.
  3. Barker, P.. Horse, Foot and Guns Version 1.1. Lulu.com, 2016. ISBN 978-1-326-57118-4. Qaraldi: 2020-yil 6-sentyabr. 
  4. Harbottle, T.B.. Dictionary of Battles: From the Earliest Date to the Present Time. Good Press, 2019 — 199-bet. 
  5. Harbottle, T.B.. Dictionary of Battles: From the Earliest Date to the Present Time. Good Press, 2019 — 199-bet. 
  6. Tucker, S.. A Global Chronology of Conflict, A Global Chronology of Conflict: From the Ancient World to the Modern Middle East. ABC-CLIO, 2010 — 1486-bet. ISBN 978-1-85109-667-1. 
  7. Harbottle, T.B.. Dictionary of Battles: From the Earliest Date to the Present Time. Good Press, 2019 — 199-bet. Harbottle, T.B. (2019). Dictionary of Battles: From the Earliest Date to the Present Time. Good Press. p. 199.
  8. Goldstein, E.. Wars and Peace Treaties: 1816 to 1991. Taylor & Francis, 2005 — 34-bet. ISBN 978-1-134-89912-8.