Kontent qismiga oʻtish

Piroxlorlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Piroxlorlar (yun. rug — olov va chloros — sargʻishyashil) — titantan-tal-niobatlar murakkab oksidlariga mansub minerallar guruhi. Kimyoviy tarkibi beqaror, bir qadar aniqroq formulasi (Ca, Na, K, Rb, Sn, U, Va, Bi, Sb)2.m (Nb, Ta, Ti)2O6. (O, ON, F), m- nH2O; izomorf aralashma holida U, Th, Ce, Y, Fe va boshqa boʻladi. P.ga 3 kichik guruh (piroxlor, mikrolit va betafit)ga ajratilgan 21 mineral ki-ritilgan. Rangi och sariq, qizgʻish-jigarrang, qoʻngʻir-qora. Ayrimlari qizdirilganda sargʻishyashil rangga oʻtadi. Koʻpincha kichik (10—15 sm gacha) oktaedr, dodekaedr shaklda kubik singoniyali kristallar holida uchraydi. Qattikligi 4—5,5; zichligi tarkibiga va fizik xossalariga qarab oʻzgaradi: 3700–5000 kg/m3 (piroxlor va betafit) va 5900–6400 kg/m3 (mikrolit). P. baʼzan kuchli radioaktiv, tez oʻzgarib turadi va metamikt minerallarga kiradi. Siyenitli va nefelin-si-yenitli pegmatitlarda sirkon, ilmenit, sfen, kalsitlar bilan birga uchraydi. Yirik uyumlari niobiy va tantal olish uchun ruda hisoblanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil