Kontent qismiga oʻtish

Pitis

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pitis (dr. Nitus) — yunon mifologiyasida Pan xudosining sevgisini rad etib, qaragʻay daraxtiga aylangan pokiza togʻ nimfasi (oreada).

Tasviriy sanʼatda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Pan va pitit. III-asr Rim mozaikasi. Neapol milliy arxeologiya muzeyi

Afsonaning birinchi versiyasiga koʻra,  shimoliy shamol xudosi Borey oshiq boʻlgan Pitis nay tovushlarini eshitgan. Unda echki tuyoqli xudo Pan oʻynagan. Musiqadan hayratga tushgan Pitis Panning oldiga kelib, u bilan gaplashdi. Sevganini oʻzga xudoning oʻyiniga qiziqishini  koʻrib, Borey rashkdan alangalanib, katta kuch bilan puflay boshladi, shu tufayli badbaxt nimfa oyogʻida turolmay, tubsizlikka tushib, vafot etdi. Pitisning qaygʻuli taqdiri koʻplab xudolarga taʼsir qildi.Gaia nimfaga hamdard boʻlib, uni qaragʻay daraxtiga aylantirishga qaror qildi. Pan esa, uning xotirasiga, bagʻishlab boshiga qaragʻay novdalaridan gulchambar kiyishni boshladi[1].

Afsonaning yana bir versiyasida Pan Pitisni taʼqib qilib, unga zoʻravonlik qilgan. Nimfa uning sevgisini rad etdi, shuning uchun Pan uni gʻazadan uni oʻldirdi. Soʻngra syujet birinchi versiyaga oʻxshash stsenariy boʻyicha rivojlanadi: Pitis archa  (yoki qaragʻay) ga aylandi va Pan nimfa xotirasiga uning shoxlaridan bosh kiyim yasadi. Bularning barchasi Panning yana bir afsonasini aks ettiradi: xuddi Pitis kabi, echki tuyoqli xudo yana bir nimfni — Siringni taʼqib qilib, u Pandan qochib, botqoq qamishiga aylandi; keyinchalik bu qamishdan Pan Bokira Siringa[2] nomini olgan kop qamishli nay yasaydi.

Pitisning hikoyasi kamida uchta qadimgi yunon shoirlari tomonidan toʻplangan: Nonnom Panopolitanski („Dionisus“, II, 108), Long („Dafnis va Hloya“, II, 7 va 39) va Lukian („oʻliklarning dialoglari“, 22, 4[3].

Tasviriy sanʼatda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Syujet sahnalari baʼzi rasmlarda tasvirlangan: III-asrga oid Rim mozaykasida (Neapol Milliy arxeologiya muzeyida saqlangan)[4] va Edvard Kalvertning 1850-yillarda yozilgan moyli rasmida (Britaniya muzeyida joylashgan). Shunga oʻxshash syujetda — Pan va Siring haqida (Nikolas Pussin, Jeykob Jordans, Fransua Baucher, Uilyam Bugero, Annibale Karrakchi, Arnold Beklin, Lorens Alma-Tadema, Maksfild Parrish va boshqalar) koʻproq sanʼat asarlari yaratilgan[5].

  1. Pytis // Romania una et diversa: Literaturwissenschaft.
  2. Pytis // Romania una et diversa: Literaturwissenschaft.
  3. Lucien de Samosate. Dialogues des morts, 22, 4.
  4. Creativity and healing // Wayback Machine. Internet archive.
  5. Los mitos griegos de Robert Graves
  • Питис // Мифологическая энциклопедия.
  • Pitys // Википедия.
  • Кондрашов А. П. Легенды и мифы Древней Греции и Рима. — : 2005