Kontent qismiga oʻtish

Plagioklazlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Plagioklazlar (yun. plagios — kiyshik va klasis — sinish, yorilish) — karkasli alyumosilikatlar — dala shpapglari guruhiga mansub keng tarqalgan jins hosil qiluvchi minerallar. Kimyoviy tarkibi boʻyicha uzluksiz izomorf qatordan iborat (qarang Izomorfizm) (100-n) Na[AlSi3O8] nCa[Al2Si2O8] (bunda p 0 dan 100 gacha oʻzgarishi mumkin); baʼzan BaO, SrO, FeO, Gʻe2O3 va boshqa aralashgan boʻladi. Magmatik jinslar sistematikasida P.ning tarkibi muhim ahamiyatga ega. P. katorining chek-ka aʼzolari albit va anortitnchnt 0% dan 100% gacha har xil mutanosiblikda qoʻshilishidan 100 xil P. hosil boʻlishi mumkin. P. triklin sistemada kristallanadi, turli kattalikdagi prizma yoki plastinka shaklidagi qoʻshaloq kristallar va donachalar hosil qiladi. Sodda qoʻshaloklari kam, murakkab polisintetik qoʻshaloq kri-stallari keng tarqalgan. Rangi oq, kul-rang, koʻkimtir, qizgʻish. Shishadek yaltiroq, qattiqligi 6—6,5, zichligi 2620 (albit)dan 2750 (anortit) kg/m3 gacha. P.ning asosiy massasi magmaning kristallanishidan hosil boʻladi; ular, shuningdek, kontakt-metamorfik hosilalar (skarnlar, rogovik va boshqalar)da, yana gidrotermal tomirlar (albit)da uchraydi. Nurash jarayonida P. osonlik bilan gidroslyudalar, gilli minerallar va boshqalarga aylanadi. P.ning baʼzan optik ef-fektlariga qarab koʻkimtir tovlanuvchi hidli oytosh, tarkibida temir yal-tirogʻining mayda tangachalari boʻlganligidan oltindek tovlanib turadigan xili avantyurin, yashil va koʻk tovlanadigan xili Labrador deb ataladi. Koʻkim-tir, chiroyli tovlanib turadigan xili bezak tosh sifatida ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil