Planyor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Planyor (frans. planeur, planer — parvoz qilmoq) — motorsiz, qanotli havodan ogʻir uchish apparati. Uchishi tinch atmosfera sharoitida ufqqa nisbatan maʼlum burchak osti (moʻljal burchagi) da uzluksiz pasayib borishi na-tijasida yuz beradi; samolyotning uchishidagi kabi fizik qonunlarga asoslanadi, xatto yuqoriga koʻtarilishi mumkin. P. rezinali amortizator, chigir, shatakka oluvchi samolyot yordamida uchiriladi. P.lar bir, ikki va koʻp oʻrinli; oʻquv, mashq va rekord oʻrnatish (sport) da foydalaniladigan turlarga boʻlinadi. Birinchi P. 1868-yil fransuz dengizchisi J.Le Bri tomo-nidan yasalgan va sinab koʻrilgan. Uni ot arava bilan shatakka olib, 30 m gacha uchirishga erishgan. Nemis muhandisi O. Liliyental 1891-yil uchirgan P. birinchi marta 250 m masofagacha muvo-zanat saqlagan. Keyinchalik P. Pilcher (Buyuk Britaniya), O. Shanyut (AQSH) va boshqa ham bunday muvaffaqiyatlarga erishganlar. 1913-yil rus konstruktori S.P.Dobrovolskiy Rossiyada birinchi boʻlib P.-biplan ixtiro qilgan. Bu P.biplan rul boshqarish tizimi yordamida 5 min. davomida ucha olgan. 20-asr 20-, 30-, yillarida ancha takomillashgan P.lar yaratilgan.

P.larning asosiy uchish-texnik koʻrsatkichlari: eng yuqori aerodinamik sifati 40—53; qanotlarining yoygandagi uz. 29 m gacha, qanotlarini uzaytirishi 20—36; qanotlariga tushadigan kuch 250—350 N/m2, pasayish tezligi 0,4—0,8 m/s; uchish tezligi (eng yuqori aerodinamik sifatida) 80– 100 km/soat; maksimal uchish tezligi 220–250 km/soat. Hozir P. asosan, sport maqsadlarida qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil