Kontent qismiga oʻtish

Plastiklik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Plastiklik (qadimgi yunoncha: plastikos — „ishlovga moyillik“) — tashqi kuch yoki zoʻrikish (kuchlanish) taʼsirida qattiq jismlarning oʻlchamlari va shakli dastlabki holiga qaytmaydigan boʻlib oʻzgarish (plastik deformatsiyalanish) xossasi. Materiallarga bosim bilan ishlov berish (bolgʻalash, presslash va boshqalar) imkonini belgilaydi. Tashqi kuch taʼsirida kristall panjara atomlari orasidagi oʻzaro taʼsir kuchlari oʻzgaradi (deformatsiyalanadi). Plastik deformatsiyalanishda panjara atomlari bir-biriga nisbatan koʻchadi, oqibatda kristall qatlamlarning bir-biriga nisbatan siljishi, kristall panjara buzilishi, issiqiik harakati tufayli jism atom tuzilishining oʻzgarishi kuzatiladi. Jismning moʻrtligi, plastikligi sharoitga bogʻliq. Maʼlum bir sharoitda (mas, yuqori temperaturada) uning bunday xossalari butunlay yoʻqoladi. Metallarning plastiklik holatiga oʻtishi maʼlum sharoitda roʻy beradi, bu holat chegaraviy holat deb yuritiladi. Jismlarning plastiklikgi deformatsiyalanish tezligi, temperatura va jismning tuzilishiga bogʻliq.

Plastiklikning turli xillari mavjud. Oʻzdiffuzion va diffuzion plastiklikda tashqi siquvchi kuch taʼsirida kristallarning atom qatlamlari shu kuch taʼsir etayotgan sirtdan boshqa joyga siljiydi. Bunda massa koʻchishi sirt boʻyicha yoki kristall hajmi boʻyicha oʻzdiffuziya tufayli amalga oshadi. Dislokatsion plastiklikda kristallografik tekislikdagi sirpanish kristallning plastik deformatsiyalanishiga sabab boʻladi. Sirpanish har xil sodir boʻladi: dastlab, u tekislikning bir zonasida yuz berayotgan boʻlsa, bu zonaning chegarasi butun tekislikka yoyiladi. Sirpanishning yoyish chegarasi dislokatsiya chizigʻi yoki dislokatsiya deyiladi. Kraudion plastiklik kristalddagi zich joylashgan atom katorlari boʻylab atomlar quyuqlanmasi (kraudinlar) hosil boʻlishiga asoslangan. Kristall sirtiga tig botirilsa, atomlar shu sohadan uzoqlashadi, natijada tigʻ botirilayotgan sirtdan maʼlum masofada atom konsentratsiyasi oshadi — Kristallda tugunlararo atomlar hosil boʻladi.

Kraudion plastiklik: I — tigʻ botirilguncha; II — tigʻ botirilganda atomlar kuyuklanmasi hosil boʻladi; III — shaklning uzil-kesil oʻzgarishi. Kristallda tugunlararo atomlar hosil boʻladi.

Plastiklikni baʼzi jismlarda eʼtiborga olmaslik mumkin, bunday jismlar mutlaq elastik (qayishqoq) jismlar hisoblanadi. Har bir jismning xossalari plastiklik boʻyicha guruhlarga ajratib oʻrganiladi. Masalan, kristallar, polikristallar, monokristallar, amorf jismlar plastikligi va boshqa Jismlarning qovushqokdigi ham ularning plastikligini belgilaydi. Tutash muhitlar mexanikasida jismlar bir jinsli, uzluksiz deb faraz qilinadi, mas, kristall panjara atomlari orasidagi masofa hisobga olinmaydi. Plastiklik materiallarning buzilmasdan katta qoldiq deformatsiya (plastik deformatsiya) hrsil qilishidir. Materiallarning plastiklikligi ularning choʻzilgandagi uzayishiga qarab baholanadi. Qattiq jismlar plastikligini oʻrganish amaliy ahamiyatga ega. Detallarni tayyorlash texnologiyasida, inshootlar qurishda, metallarni bosim bilan qayta ishlash va kesishda plastiklikning asosiy qonun-qoidalariga rioya qilinadi[1].

  1. Xojimetov, Gʻoibnazar. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.