Kontent qismiga oʻtish

Platforma xizmat vositasi sifatida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Platforma xizmat vositasi sifatida (PaaS, „ xizmat sifatida platforma“) — bu bulutli hisoblashni taʼminlash modeli boʻlib, unda isteʼmolchi quyidagi axborot texnologiyalari platformalaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlad: operatsion tizimlardan, maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan, bogʻlovchi taʼminot dasturlaridan, provayder tomonidan joylashtirilgan ishlab chiqish va sinov vositalaridan. Ushbu modelda kompyuter tarmoqlari, serverlar, saqlash tizimlarini oʻz ichiga olgan butun axborot texnologiyalari infratuzilmasi toʻliq provayder tomonidan boshqariladi. Provayder shuningdek, isteʼmolchilar uchun mavjud platformalar turlari toʻplamini, boshqariladigan platforma parametrlari toʻplamini belgilaydi. Isteʼmolchiga esa platformalardan foydalanish, ularning virtual nusxalarini yaratish, ularda amaliy dasturlarni oʻrnatish, ishlab chiqish, sinab koʻrish, isteʼmol qilinadigan hisoblash resurslari hajmini dinamik ravishda oʻzgartirish imkoniyati berilgan [1]. в числе 10 крупнейших провайдеров указываются Amazon.com, Heroku, Microsoft, IBM, Red Hat[2][3][4]

Bulutli platforma provayderi isteʼmolchidan isteʼmol darajasiga qarab xizmat haqqi olishi mumkin. Bunda isteʼmolchi ilovalardan foydalanayotgan vaqtga, qayta ishlangan maʼlumotlar miqdori va ular orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soniga, tarmoq trafigiga qarab toʻlovni miqdorini hisoblash mumkin boʻladi. Bulutli platforma provayderlari virtualizatsiya va keng koʻlamda tejash orqali iqtisodiy foydaga erishadilar. Yaʼni, bir vaqtning oʻzida koʻplab isteʼmolchilardan faqat bir qismi hisoblash resurslaridan faol foydalanadi. Isteʼmolchilar — infratuzilma va platformalarga kapital qoʻyilmalarni rad etish tufayli maksimal quvvat uchun va butun majmuaga xizmat koʻrastuvchi harajatlarni tejashga imkon yaratiladi.

2012-yilda OASIS ga CAMP (inglizcha: cloud application management for platforms) bulutli platformalarni boshqarish uchun amaliy dasturiy interfeys standarti taklif etildi. . U bulutli platformaning dasturiy boshqaruv buyruqlari (ishga tushirish, toʻxtatib turish, resurslaeni belgilash soʻrovi kabi) uchun birlashtirilgan formatlarni belgilaydi.

2020-yilda global ommaviy PaaS bozori taxminan 47,6 milliard dollarga baholangan , Uning eng yirik provayderlari qatoriga Amazon.com, Salesforce.com, Microsoft (Windows Azure), IBM, Oracle, Google (App Engine) , rus bulutli xizmat provayderlariga esa MTS (#CloudMTS), SberCloud, Yandex, Mail.ru larni kiritishimiz mumkin.

  1. „Gartner Says Worldwide Platform as a Service Revenue is on Pace to Reach $707.4 Million in 2011“ (en) (deadlink). Gartner (2011-yil 5-oktyabr). 2012-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-noyabr. (WebCite saytida 2012-11-21 sanasida arxivlangan)
  2. Christine Burns. „10 Most Powerful PaaS Companies“ (en). CIO. IDG (2012-yil 27-fevral). 2012-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-noyabr. (WebCite saytida 2012-11-21 sanasida arxivlangan)
  3. Mark Carlson (Oracle), Martin Chapman (Oracle), Alex Heneveld (Cloudsoft), Scott Hinkelman (Oracle), Duncan Johnston-Watt (Cloudsoft), Anish Karmarkar (Oracle), Tobias Kunze (Red Hat), Ashok Malhotra (Oracle), Jeff Mischkinsky (Oracle), Adrian Otto (Rackspace), Vivek Pandey (CloudBees), Gilbert Pilz (Oracle), Zhexuan Song (Huawei), Prasad Yendluri (Software AG). „Cloud Application Management for Platforms. Version 1.0“ (deadlink). 2012-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-noyabr. (WebCite saytida 2012-11-21 sanasida arxivlangan)
  4. Neil McAllister. „Oracle rallies PaaS providers to float cloud interop spec“. The Register (2012-yil 20-avgust). 2012-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-noyabr.