Kontent qismiga oʻtish

Platon Oyunskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Platon Oyunskiy
Tavalludi
Platon Alekseyevich Slepsov

11-noyabr 1893-yil
Vafoti 31-oktyabr 1939-yil(1939-10-31)
(45 yoshda)
Yakutsk, RSFSR, SSSR
Ijod qilgan tillari yoqut va rus tillari
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Tomsk oʻqituvchilar instituti
I Butunyoqut tilshunoslik konferensiyasi ishtirokchilari. Oʻtirganlar (chapdan oʻngga): G. U. Germogenov, P. A. Oyunskiy, nomaʼlum, G. V. Ksenofontov; turganlar: N. I. Stepanov, V. M. Novikov. (Yakutsk, 1934-yil)

Platon Oyunskiy (saxa.: Былатыан Ойуунускай; Platon Alekseyevich Slepsov; 11-noyabr 1893-yil[1], Oyun-Usovsk naslegi, Taatta ulusi, Yakutsk viloyati — 1939-yil 31-oktyabr, Yakutsk) — yoqut sovet yozuvchisi, filolog va jamoat arbobi, yoqut sovet adabiyotining asoschisi. Katta terror qurboni boʻlgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1914-yilda Platon Yakutsk oʻqituvchilari seminariyasiga oʻqishga kiradi va uni 1917-yilda tugatadi[2]. 1917—1918-yillarda Tomsk oʻqituvchilar institutida tahsil olgan.

1918-yil martdan KPSS aʼzosi. 1921-yilda Yoqutiston gubrevkomining raisi, 1922-yilda Xalq Komissarlari Sovetining raisi, 1923 yilda Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining raisi.

1924-yilda Oyunskiy Yoqut milliy harbiy maktabini tashkil etish gʻoyasini ilgari suradi[3].

1928—1931-yillarda Yoqutiston xalq taʼlimi va sogʻliqni saqlash komissari. 1935-yilda uning tashabbusi bilan Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Xalq Komissarlari Kengashi qoshida Til va madaniyat ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilib, uning oʻzi birinchi direktori boʻlgan. Xuddi shu yili Oyunskiy Millatlar institutida (Moskva) tilshunoslik fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. SSSR Oliy Kengashining 1-chaqiriq deputati boʻlgan yillari SSSR Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi aʼzosi (19341938) ham boʻlgan.

Oyunskiy birinchi sheʼrini 1917-yilda nashr etgan. 1919-yilda Oyunskiy „Sin bir buolbaat?“ sheʼrini yozadi, sheʼr Yoqutistonda katta mashhurlikka erishadi. Oyunskiyning hikoyalari, romanlari, dramalari saxa xalqi adabiyotining oltin fondiga kiritilgan. Oyunskiy etnograf sifatida yoqut eposlari — olonxoning „Dyuluruyar Nyurgun Bootur“ (Nyurgun Botir chaqqon) va „Tunalybyt nyuurdaakh Tuyaaryma Kuo“ (Goʻzal Tuyaryma Kuo) dostonlarini toʻplagan va nashrga tayyorlagan. Yoqut tilida boʻgʻin-tonik misra qoʻllanilishini asoslab bergan. Rus va jahon adabiyoti durdonalarini yoqut tiliga tarjima qilgan.

1938-yil 3-fevralda Oyunskiy SSSR Oliy Kengashining 1-sessiyasidan qaytayotganida Irkutsk shahrida NKVD tomonidan hibsga olingan. Unga „burjua-millatchi aksilinqilobiy tashkilotga rahbarlik qilish“ aybi qoʻyilgan.

1939-yil 31-oktyabrda Yakutsk qamoqxonasi kasalxonasida vafot etadi. 1955-yil 15-oktyabrda toʻliq reabilitatsiya qilingan[4].

90-yillarning boshlarida I. Laskov Yoqut arxivlarida Oyunskiyning NKVD axborotchisi ekanligini aniqlaydi[5].

Oyunskiy xotirasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Quyidagilar Platon Alekseyevich Oyunskiy nomi bilan atalgan:
    • Yakutskdagi Saxa akademik teatri;
    • Yakutskdagi adabiyot muzeyi;
    • Platon Oyunskiy nomidagi Yakutsk aeroport ;
    • Cherkyox qishlogʻidagi Respublika davlatchilik muzeyi[6];
    • Saxa aholi punktlaridagi, shu jumladan Yakutsk, Mirniy, Neryungri, Vilyuysk, Lensk shaharlardagi koʻchalar.
  • 1993-yilda Saxa Respublikasi Prezidentining farmoni bilan adabiyot, sanʼat va arxitektura sohasidagi yuksak ishlari uchun beriladigan P. A. Oyunskiy nomidagi davlat mukofoti taʼsis etiladi, mukofot keng jamoatchilik eʼtirofiga sazovor boʻladi va milliy mukofotga aylanadi[7].
  • Yakutsk shahrining markaziy maydonida Oyunskiy haykali oʻrnatilgan.
  • 1985-yilda astronomlar Nikolay va Lyudmila Chernix tomonidan kashf etilgan 16407 Oiunskiy asteroidi 2003-yil 10-sentyabrda P. A. Oyunskiy sharafiga nomlangan.

Bibliografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rus tilida[8]:

  • Якутская сказка, её сюжет и содержание. Сб. трудов научно-исследовательского об-ва «Саха кэскилэ», Якутск, 1927, № 1 (4);
  • О якутском стихосложении, «Бюллетень Наркомпроса ЯАССР», Якутск, 1929, № 6—8;
  • Сборник стихотворений, Якгиз, 1925;
  • Большевик, Пьеса, Якгиз, 1927;
  • Сборник революционных стихотворений, Якгиз, 1927;
  • Материалы о происхождении якутов, журн. «Чолбон», Якутск, 1928, № 4;
  • Дни и годы. О революционном движении в Якутии, журн. «Чолбон», № 4—7, 1928;
  • Туйарыма-Куо, Поэтическая драма, 1930;
  • О шаманизме и религии, Якгиз, 1930;
  • Великий Кудангса, Якгиз, 1930;
  • Нюргун-Ботур, сказка-олонхо, 1930—1931;
  • Стихотворения, Советский писатель (Ленинградское отд.), 1978.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Natsionalniy arxiv Respubliki Saxa (Yakutiya). F.226-i. Op.14. D.372. L.115 ob.-116.
  2. „Общественная работа“. Якутский государственный литературный музей. 2013-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-iyul.
  3. „Якутская национальная военная школа“. 2021-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.
  4. „Национальная библиотека Якутии“. 2007-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 4-avgust.
  5. U. Arlooʻ. Imyoni Svabodi. — Radiyo Svaboda, 2007. — S. 469. — 576 s.
  6. „Музей государственности РС(Я) им. П.А. Ойунского“. Официальный сайт Якутского музея им. Ярославского. 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-mart.
  7. „Государственные премии Республики Саха (Якутия)“. Официальный информационный портал Республики Саха (Якутия). 2013-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-dekabr.
  8. Literaturnaya ensiklopediya: V 11 t. — M., 1929—1939.