Platsdarm
Qiyofa
Platsdarm (frans. place d’armes, aynan — qoʻshinlar uchun maydon) — 1) biror davlatning boshqa bir davlatga hujum qilishida harbiy harakatlarni kengaytirish uchun baza sifatida foydalaniladigan hudud. P. operativ yoki strategik ahamiyatga ega bulishi mumkin; 2) hujum qilayotgan qoʻshinlarning suv to'sigʻidan oʻtib qarshi qirgʻoqda egallab olgan yerlari yoki qaramaqarshi qirgʻoqqa chekinish cho-gʻida tutib turilgan yer maydoni; 3) dengiz desanti asosiy kuchlarining tushishi va yoyilishini taʼminlash maqsadida desant operatsiyasi oʻtkazib, sohil boʻyida egallangan uchastka.[1] Gamilkar Barka (karfagen lashkarboshisi) birinchi puni urushlaridan keyin rimga qarshi ushbu usulni qo'llab, rimdan o'ch olmoqchi bo'ladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |