Platsenta gormonlari
Platsenta gormonlari - sut emizuvchi hayvonlar va homilador ayollar platsentasida ishlanib chiqadigan va gormonlar kabi taʼsir etadigan biologik faol moddalar (gonadrotropin, estrogen, progresteron va hokazo). P.g. homiladorlikning toʻgʻri kechishini taʼminlab, tugʻish aktini tayyorlaydi. Xorionik gonadotropin baʼzi maymunlar va homilador ayollarnint tipik homildorlik gormoni boʻlib, pla-sentadan qonga oʻtadi va siydik bilan ajraladi. Bu esa homiladorlikning gormonal diagnostikam uchun zarur. Xorionik gonadrotropin gipofiz go-nadtropinidan kimyoviy tuzilishi, urugʻdon va tuxumdonga taʼsiri bilan farq qiladi; tuxumdonda hujayralar gipertrofiyasiga sabab boʻladi, lekin follikulalar oʻsishi, sariqtana hosil boʻlishini kuchaytirmaydi. Koʻpgina sut emizuvchilar platsentasida estron, estradiol, estriol gormonlari, ayollar platsentasida esa homiladorlikning ikkinchi yarmida estrogenlar koʻplab ishlanib chiqadi. Odam va bir qator sut emizuvchilar — maymun, mushuk, dengiz choʻchqachasi platsentasida esa homiladorlikning normal rivojlanishini taʼminlaydigan progesteron ishlanib chiqadi. Bundan tashqari, platsen-tada androgen, glyukokortikoidlar, relaksin, oksitotsin kabi gormonlar ham ishlanib chiqadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |