Kontent qismiga oʻtish

Plazmoliz

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Plazmoliz.

Plazmoliz(plazma va ...liz) -oʻsimlik hujayralarida sitoplazmaning xujayra qobigʻidan ajralish jarayoni. Faqat tirik hujayralarda hujayra shirasiga nisbatan gipertonik hisoblangan eritma taʼsirida kuzatiladi. P. jarayoni sekin borganda hujayra uzoq vaqt davomida tirikligicha qoladi. Bunday hujayralarni suvga yoki gipotetik eritmaga tushirilsa, deplazmoliz jarayoni sodir boʻlib, tezda turgor holati tiklanadi. Uzoq vaqt davom etgan P. sharoitida hujayra halokatga uchraydi. Toʻqimalarda sodir boʻladigan P.ni qiyosiy baholash uchun ikki xil: chegaralangan P. va plazmo-metrik metodlardan foydalaniladi. Birinchi metod Niderlandiya olimi X. De Friz (1884) tomonidan taklif etilgan. Bunda toʻqimalar KNO3, saharoza, NaCl osmatik jihatdan faol boʻlgan moddalarning eritmasiga botiriladi va eritmaning 50%da hujayraning P.ga uchragan konsentratsiyasi aniqlanadi. Plazmometrik metodda esa P.dan keyin hujayra va protoplastning nisbiy hajmi aniqlanib, eritma konsentratsiyasini hisobga olgan holda tegishli formula yordamida xujayraning osmatik bosimi aniqlanadi. P. hodisasidan hujayraning oʻtkazuvchanligi, qovushqoqligi, osmatik bosimi va boshqa xususiyatlarini aniqlashda foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil