Pleven (Bolgariya)
Qiyofa
Pleven, Plevna — Bolgariyaning shim. qismidagi shahar. Pleven okrugining maʼmuriy markazi. Aholisi 122,1 ming kishi (2001). Transport yoʻllari tuguni. Dunay tekisligining qishloq xoʻjaligi rayoni markazi. Oziq-ovqat, mashi-nasozlik, neftni qayta ishlash, rezina, sement, oynashisha, toʻqimachilik korxonalari mavjud. Tokchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti, tarix muzeyi bor. Turistlar koʻp keladi. P. — tarixiy shahar boʻlib, 3-asrdan maʼlum. 1877—78 yillardagi Rossiya—Turkiya urushida P.da tarixiy jang boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |