Kontent qismiga oʻtish

Plyuviograf

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Plyuviograf (lotincha: pluvira — yomgʻir va ... graf) — yogʻin mikdrri, jadalligi, qancha vaqt davom etganligini qayd qilib boradigan oʻziyozar meteorologik asbob. Yogʻin qabul qilgich idishdan naycha orqali poʻ-kakli silindrli idishga tushadi; poʻkakning vertikal oʻqiga uchiga pero oʻrnatilgan mil gorizontal holatda biriktirilgan boʻlib, soat mexaniz-mi yordamida ayla-nadigan oʻziyozar tasmaga gegib turadi. Yogʻin tushgan sari peroli poʻkak koʻtariladi va yozuv boʻyicha uning yogʻgan payti, jadalligi va umumiy miqdori haqida maʼlumot olinadi. Silindr idish toʻlganidan soʻng yogʻin avtomatik tarzda nazorat idishiga tushadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil