Kontent qismiga oʻtish

Pnevmatolit konlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pnevmatolit konlar - pnevmatoliz natijasida magmadan ajralib chiqqan gazlar va ularning boshqa jinslarga taʼsiridan Yerning chuqur qismida hosil boʻlgan foydali qazilma uyumlari. Pnevmatolit konlarni tashkil qiladigan rudalar tomir, daykalar shaklida uch-raydi. Kon rudasining kristallari va donachalari yirik boʻladi. Nodir me-tallar rudalari tarkibidagi albit, turmalin, flyuorit, kvars, topaz, muskovit va boshqa slyudalar Pnevmatolit konlarning tipik minerallari hisoblanadi. Hosil boʻlgan kvars, dala shpati va boshqa yirik kristallarning ogʻirligi bir necha yuz kg boʻlishi mumkin. Bunday konlar uchun metasomatizm xos. Pnevmatolit konlar Rossiya Federatsiyasi (Sharkiy Sibir), Qozogʻistonda, Oʻzbekistonning Zirabuloq-Ziyovuddin, Nurota togʻlarida keng tarqalgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil