Pnevmatoliz
Qiyofa
Pnevmatoliz, pnevmatolit (yun. pneumatos — yengil shabada va lysis — ajralish, erish) — magmadan ajralib chiqqan rudali elementlar, gazlar va suv bugʻlariga boy suyukdiklarning togʻ jinslari bilan oʻzaro reaksiyaga kirishib, turli minerallar hosil boʻlishi. Suyuqlik tarkibida qalay, fosfor, oltingugurt, xlor, ftor, margi-mush, volfram, berilliy, litiy, molibden va boshqa elementlar boʻladi. Magmaning keyinchalik sovishi natijasida suv buglari va gazlar suyuqlikka aylanib, gidrotermal jarayon yuzaga keladi. P. natijasida pnevmatolit konlar shakllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |