Kontent qismiga oʻtish

Poʻlati

Koordinatalari: 39°2′2″N 65°43′45″E / 39.03389°N 65.72917°E / 39.03389; 65.72917
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Poʻlati
ruscha: Пулаты
Shaharcha
39°2′2″N 65°43′45″E / 39.03389°N 65.72917°E / 39.03389; 65.72917
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Koson tumani
Avvalgi nomlari Baladi,Poʻloti
Qachondan beri shaharcha 2009
Rasmiy til(lar)i oʻzbek, arab
Vaqt mintaqasi UTC+5
Poʻlati ruscha: Пулаты xaritada
Poʻlati ruscha: Пулаты
Poʻlati
ruscha: Пулаты

Poʻlati (ruscha: Пулаты) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Koson tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan.[1]

Po'lati qishlog'idan viloyat markazigacha 25 km, tuman markazigacha esa 20 kmni tashkil etadi. 1986-yilda aholisi 4,3 ming kishini tashkil etgan[2]. 2009-yilda Poʻlati qishlog'iga shahar posyolkasi maqomi berilgan[3].

Poʻlati soʻzi arabcha soʻz „baladi“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, shaharliklar degan maʼnoni anglatadi. Keyinchalik talaffuzda Poʻlati nomiga oʻzgarib ketgan. Bu yerda asosan arablar yashaydi. Arab xalifaligi Oʻrta Osiyoni bosib olgandan soʻng, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo xududlariga arablarni koʻchirib kelib shaharning markazi va serhosil yerlardan arablarga ajratib beradi. Bundan asosiy maqsad aholi orasida islom dinini yoyish edi. Xalifalik davrida ilm-fan ancha ravnaq topdi. Dunyoga tanilgan bir qancha allomalarimiz yetishib chiqdi. Xalifalik zayiflashgandan soʻng shahar markazida yashagan aholi bilan arablar kelisholmay qoladi va shahar yonidagi unumdor yerlarga koʻchib kelib joylasha boshlaydi. Bu asosan X asr oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Shu davrda Buxoro va Surxondaryo xududidan bir qancha arablar Poʻlatiga kelib oʻrnashadi. Baʼzi manbalarda Bu yerga arablar Amir Temur tomonidan bosib olingan arab shaharlardan (Suriya, Iroq, Shom va Bagʻdod) mohir usta va hunarmandlarni koʻchirib kelganligi haqida manbalar ham oʻchraydi. Xonliklar davrida ham arablar xususiy yerlarga ega boʻlgan va soliq toʻlamay yashagan, CHor Rossiyasi davrida ruslashtirish siyosati orqali bu yerda maktablarda arab tilida dars oʻtishni taqiqlab qoʻygan shu tufayli arab tilini bilish darajasi ancha pasayib ketgan.

Poʻlati — arab qavmiga mansub boʻlgan aholiyashaydigan manzil. XX asr boshlarida bu qishloq aholisi 2,5 mingga yetar-yetmas edi, endilikda, bu maʼvoda 25 mingdan ortiq odam yashamoqda. Poʻlati qishlogʻidan X-XI asrlarda Muhammad ibn Ahmad al-Baladiy, Muhammad ibn Umar ibn Xorun al-Baladiy singari Sharq ilm-fanida oʻrin tutgan allomalar yashab, ijod qilganlar. Baladiylar — Poʻlatiylar toʻgʻrisida arab va Movarounnahr olimlari maʼlumot keltirganlar. Mo''jaz bir qishloqning oʻziga xos ilm-fan, madaniyat oʻchoqlaridan biriga aylanishi bejiz emas, albatta. Bu qishloq aholisining VIII asr boshlarida Buxoro shahrida oʻrnashuvi va X asr boshlariga kelib, Somoniylar tomonidan shahardan chiqarilishi oqibatida Koson hududiga kelib joylashishi davomida va keyingi asrlarda ham oldingi anʼanalarini saqlab qolganligi bilan chambarchars bogʻliq hol edi, desak oʻrinli boʻladi[4].

Poʻlati qishlogʻi XX asr boshlarida ham Qashqadaryo vohasidagi yirik qishlolardan biri boʻlib kelgan. Oʻsha davrda Qashqadaryo okrugida aholisi soni 3 mingga yetgan birorta qishloq boʻlmagan. Jon soni 3 mingga yaqinlashib boradigan aholi manzillari asosan Qashqadaryoning quyi qismida, faqat bittasi Kitob tumanida mavjud boʻlgan. Masalan, Qovchin (Qarshi tumani) qishlogʻida 2860, Beshkentda 2698, Jeynovda 2518, Varganzada 2322, Maymanoqda 2225, Poʻlatida 2223, Dasht qishlogʻida 2221 va Pomuqda 2044 ta jon soni boʻlgan. Poʻlati qishlogʻi Qashqadaryo vohasidagi 1300 ga yaqin qishloqlar orasida aholi soni koʻrsatkichi boʻyicha 6-oʻrinnida sanalgan[4].