Pochchoqul Hoji koʻchasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pochchoqul Hoji koʻchasi — shaxs nomi bilan ataluvchi koʻcha. Aholisi turli kasb bilan shugʻullangan. Soʻnggi oʻrta asrlarda koʻchada masjid, maktab va Gahband madrasasi, shuningdek, noma’lum qabr mavjud boʻlgan[1]. Madrasa nomi binoni gahbandlik, ya’ni kumush va tillani aralashmalardan tozalovchi usta qurdirganligidan dalolat beradi. Toponim 1699-yil va 1797-yilda tuzilgan vaqfnomalarda uchraydi[2].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. To'rayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276 bet. ISBN 978-9943-7455-7-5. 
  2. Тўраев Ҳ. „Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.