Pochtachi Pechkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pochtachi Pechkin (bolalar qahramoni)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pochtachi Pechkim kim?[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pochtalyon Igor Ivanovich Pechkin — bolalar yozuvchisi Eduard Uspenskiy qalamiga mansub asarlar qahramoni bo‘lib, keyinchalik bu asarlar asosida ko'p seriyali multfilmlar ishlangan.

Yodgorliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil noyabr oyida Moskva viloyatining Luxovitsi shahrida pochtachi Pechkin haykalining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi.  Mahalliy pochta bo'limi ro'parasida velosipedda Pechkin va uning yonida turgan Matroskin va Sharik tasvirlangan. Balandligi ikki metrdan sal kamroq bronza kompozitsiya o'rnatilgan.  Yodgorlik muallifi Polina Gorbunova.

Pochtachi Pechkin yodgorligi

Pochtachi Pechkinning bronza yodgorliklari sobiq sovet hududining boshqa shaharlarida, xususan, Sankt-Peterburg (Kolpino tumani),  Ramenskoye (Moskva viloyati) va Urganch (O‘zbekiston)da ham o‘rnatilgan.

Ikkinchi rasmdagi Urganchda o'rnatilgan yodgorlik.

Pochtachi Pechkin yodgorligi

O‘zbekistonda pochtalon Pechkinga yodgorlik o‘rnatildi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorazm viloyati markazi Urganch shahrida mashhur multfilm qahramoni pochtalon Pechkinga yodgorlik o‘rnatildi. Pochtalon Igor Ivanovich Pechkin — bolalar yozuvchisi Eduard Uspenskiy qalamiga mansub asarlar qahramoni bo‘lib, keyinchalik bu asarlar asosida «Soyuzmultfilm» kinostudiyasi tomonidan bir necha seriyali multfilm ishlangan («Prostokvashinolik uch shovvoz», «Prostokvashinoda ta'til», «Prostokvashinoda qish», «Fyodor amaki, ko‘ppak va mushuk: Matroskin va Sharik»). Pechkin yodgorligi Urganch shahrining markaziy al-Xorazmiy ko‘chasida, pochta xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya oldida o‘rnatilgan. Bu tadbirdan maqsad - mijozlarni jalb qilishga asoslangan marketing hiylasi ekani ko‘rinib turibdi. Biroq bu voqea shaharning sayyohlar uchun jozibasini ham biroz bo‘lsa-da, oshirishi shubhasiz.

Yodgorlik odam bo‘yi balandligida, bronzadan yasalgan. Unda pochta sumkasini osib olgan va velosiped minib olgan Pechkin gavdalangan. Uning yelkasida esa multfilm qahramonlaridan biri chumchuqcha ham bor.Qizig‘i shundaki, bu Pechkinga o‘rnatilgan dunyodagi birinchi yodgorlik emas. Ayni paytda, Rossiyaning Luxovitsi, Kolpino, Ramenskoye va Tsivilsk shaharchalarida ham multfilmning tinib-tinchimas qahramoni haykallari bor.

Qo'shimcha manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

You tube da "Pochtachi Pechkin haqidagi multfilmlarni ko'rish uchun :

O'zbek tilida :"https://www.youtube.com/watch?v=twgGymNAxD4&ab_channel=AlpomishAli

Rus tilida : https://www.youtube.com/watch?v=Bwl0UPMEqGw&ab_channel=%D0%9C%D1%83%D0%BB%D1%8C%D1%82%D0%B8%D0%BA%D0%B8