Pocitos
Toʻliq nomi | Estadio Pocitos |
---|---|
Joyi | Montevideo, Urugvay |
Qachon qurilgan | 1921-yil |
Qachon ochilgan | 1921-yil |
Qachon yopilgan | 1940-yil |
Yuzasi | tabiiy maysa |
Hajmi | 1 000 |
Maydon oʻlchami | 109 × 75 m |
Maydon egalari | |
„Penyarol“ (1921—1933) |
"Pocitos" stadioni (ispancha: Estadio Pocitos) — Urugvay poytaxti Montevideodagi hozirda buzib tashlangan koʻp funksiyali stadion. 1921-yildan 1933-yilgacha arena koʻproq „Penyarol“ klubining futbol oʻyinlari uchun ishlatilgan[1].
Aynan shu arenada 1930-yilda futbol boʻyicha Jahon chempionatining ilk oʻyini oʻtkazilgan edi. Shu joyda tomoshabinlar turnir tarixidagi ilk golni ko‘rishdi — 19-daqiqada Fransiya — Meksika uchrashuvida fransiyalik futbolchi Lyusen Loran gol urdi[2]. Birinchi goldan so‘ng fransuzlar o‘z ustunligini oshirishdi va uchrashuv 4:1 hisobida o‘z foydasiga hal bo‘ldi. Keyinchalik, stadionda yana bir chempionat oʻyini boʻlib oʻtdi, unda ruminiyaliklar peruliklarni ishonchli tarzda 3:1 hisobida magʻlub etishdi.
1930-yillardagi chempionatdan soʻng, Peñarol Centenarioda oʻynay boshlaganligi sababli arena keraksiz boʻlib qoldi va shuning uchun Pocitos stadioni buzib tashlandi. Bugungi kunda uning oʻrnida faqat yodgorlik belgisi qolgan.
Ushbu stadion qadimgi Yunoniston teatri modelidan olingan elliptik tribunalarni oʻz ichiga olgan birinchi futbol stadionlaridan biri edi. Maʼlumotlarga koʻra, Centenario ushbu stadionning „gigant versiyasi“ boʻlishi rejalashtirilgan edi. Pocitos stadioni tarixdagi 40 ta eng nufuzli stadionlar kitobiga kiritilgan.
1930-yilgi Jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1930 yilgi Jahon chempionati doirasida ushbu stadionda ikkita oʻyin boʻlib oʻtdi:
A guruhi
13-iyul, 1930-yil 15:00 (UTC −3) |
Fransiya | 4:1 | Meksika | Pocitos, Montevideo Tomoshabinlar: 3 000 Hakam: Domingo Lombardi |
---|---|---|---|---|
Loran 19' Langiller 40' Maschinot 43', 87' |
Carreno 70' |
C guruhi
14-iyul, 1930-yil 14:50 (UTC −3) |
Ruminiya | 3:1 | Peru | Pocitos, Montevideo Tomoshabinlar: 2 000 Hakam: Alberto Warnken |
---|---|---|---|---|
Deşu 1' Stanciu 79' Kovacs 89' |
Luis de Souza Ferreyra 75' |
Boshqa muhim oʻyinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stadion 1920-yillarda Britaniya futbol klublarining Janubiy Amerikaga safari chog‘ida bir necha o‘rtoqlik o‘yinlariga mezbonlik qilgan. Pocitosda quyidagi oʻyinlar oʻtkazilgan:
Sana | Maqomi | Jamoa | Hisob | Jamoa |
---|---|---|---|---|
1923-yil 19-iyun | Oʻrtoqlik | Urugvay | 1–1 |
Third Lanark |
1923-yil 4-iyul | Oʻrtoqlik | Penyarol | 2–0 |
Third Lanark |
1924-yil 31-avgust | Urugvay faxriy kubogi | Urugvay | 2–3 |
Argentina |
1928-yil 14-iyun | Oʻrtoqlik | Penyarol | 1–2 |
Motherwell |
1929-yil 9-iyun | Oʻrtoqlik | Penyarol | 1–2 |
Chelsea |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ New design: Finally a place to call home for Peñarol at StadiumDB, 4 Jan 2015
- ↑ La curiosa historia de la casa de Uruguay donde se marcó el primer gol en la historia de los Mundiales de fútbol on BBC, 25 Jun 2018