Poco X3

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

POCO X3, POCO X3 NFC va POCO X3 Pro 2020-yil 7 va 22 sentyabr kunlarida e'lon qilingan Xiaomi tomonidan ishlab chiqilgan Android asosidagi smartfonlardir. Telefonda FHD + IPS LCD 120Hz 6.67 " displey, 48 MP keng, 8 MP ultra keng, 2 MP makrol va 2 MP chuqurlik kamerasi, 5160 mAh / soat batareya, 8GB gacha operativ hotira va yon tomonga o'rnatilgan barmoq izi sensori mavjud[1][2][3][4].

Texnik xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uskuna[tahrir | manbasini tahrirlash]

POCO X3 NFC Qualcomm Snapdragon 732 protsessorida ishlaydi. Issiqlik tarqalishi uchun Liquid Cool Technology 1.0 Plus bilan jihozlangan.

Ushbu smartfonda 6.67" dyumlik 1080 ga 2400 piksellik IPS LCD displey bor va u 120 Hz yangilash tezligi va 240 Hz sensorli masal darajasiga ega. Displey TÜV Rheinlandtomonidan sertifikatlangan.

U Corning Gorilla Glass 5, plastik ramka va plastik orqa bilan himoyalangan. Telefon IP53 sachrashdan himoya qilishni qo'llab-quvvatlaydi.

Ushbu smartfonning displeyi Corning Gorilla Glass 5 bilan himoyalangan, plastik ramka va plastik orqaga ega. Telefon IP53 standarti bo'yicha suv tomchilardan himoyani qo'llab-quvvatlaydi.

Bu bilan birga ushbu smartfon 6 GB LPDDR4X operativ hotira (RAM) va 64 GB yoki 128 gacha ichki hotiraga ega. U hotirani microSD kartasi bilan 512 GB gacha kengaytirish imkoni ham bor.

POCO X3 NFC asosiy sensori sifatida 64 megapiksellik Sony Exmor IMX682-ni ishlatadi. Undan tashqari 13 megapikselli Ultra keng kamera, 2 megapikselli makro kamera va 2 megapikselli chuqurlik sensori ham mavjud. Telefon 4K sifatida 30FPS va 720p 960 FPS sekin harakat video yozish imkoniyatiga ega. Kamera ilovasi sukut bo'yicha 16 megapikselli fotosuratlarni chiqaradi, kameradagi PRO-rejim esa 64 megapikselda suratga olishi mumkin.

Telefon 5160 mAh/ soat litiy-ion texnologiyasi bo'yiha qurilgan batareyaga ega, uni USB-C orqali 33 Vt gacha zaryadlash mumkin. 33 Vt zaryadlovchi komplektda smartfon bilan birga keladi[5].


Dasturiy ta'minot[tahrir | manbasini tahrirlash]

POCO X3 NFC Android 10 asosida POCo uchun MIUI 12 bilan birga keladi.

Narxi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Evropa bozorida Poco X3 Pro 6 GB RAM/128 GB xotira varianti uchun 249 yevro va 8 GB RAM/256 GB xotira varianti uchun 299yevrodan sotuvga chiqarilgan[6].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]