Podkast

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
A podcast being played through a podcast app on an iPhone
Serial podkasti iPhonedagi Apple Podcasts ilovasi orqali ijro etilmoqda

Podkast — internet orqali yuklab olish, eshitish va tarqatish imkoni mavjud boʻlgan raqamli formatdagi dastur[1][2][3]. Foydalanuvchilar oʻzlari tanlagan vaqtda tinglash uchun shaxsiy qurilmasiga yuklab olishi mumkin boʻlgan raqamli audio fayllarning epizodik seriyasi. Podkastlar birinchi navbatda audio vosita boʻlib, baʼzi dasturlar qoʻshimcha video komponentini taklif qiladi[4]. Oqimli ilovalar va podkast xizmatlari koʻplab podkast manbalari va ijro qurilmalarida shaxsiy isteʼmol navbatini boshqarishning qulay va integratsiyalashgan usulini taʼminlaydi. Shuningdek, foydalanuvchilarga podkast epizodlarini topish va almashishga yordam beruvchi podkast qidiruv tizimlari mavjud[5].

Podkastlar seriyasida odatda maʼlum bir mavzu yoki joriy voqea haqida munozarada qatnashadigan bir yoki bir nechta takrorlanuvchi xostlar mavjud. Podkastdagi munozara va kontent puxta skriptdan tortib toki to‘liq improvizatsiyagacha, badiiy yoki ilmiy tadqiqotlardan tortib, hayotiy jurnalistikagacha bo‘lgan mavzular haqida ham boʻlishi mumkin. Koʻpgina podkastlar havolalar va shou qaydlari, mehmonlarning tarjimai hollari, transkriptlari, qoʻshimcha manbalar, sharhlar va vaqti-vaqti bilan shou mazmunini muhokama qilishga bagʻishlangan jamoat forumi bilan bogʻlangan vebsaytlarni taqdim etadi.

2022-yil dekabr oyi holatiga koʻra internetda kamida 2 999 008 podkast va 152 596 784 epizod mavjud[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Podcast". Cambridge Dictionary (Online nashri). https://dictionary.cambridge.org/dictionary/english/podcast. Qaraldi: April 21, 2022. 
  2. „Definition of PODCAST“. Merriam-Webster Dictionary. Qaraldi: 2023-yil 20-aprel.
  3. „Podcast Definition & Meaning | Britannica Dictionary“. britannica.com.
  4. „Video Podcast: How to Start a Podcast with Video in 5 Steps“. riverside.fm. Qaraldi: 2023-yil 21-fevral.
  5. Douglas. „The Best Podcast Search Engine“. lifehacker. G/O Media Inc. (2017-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
  6. „Podcast Stats: How many podcasts are there?“ (en). Listen Notes. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]