Kontent qismiga oʻtish

Podolsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Podolsk — Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi shahar (1781-yildan), Paxra daryosi sohilida. Moskvadan 43 km janubidagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 197 ming kishi (1998). Mexanika (tikuv mashinalari), mashinasozlik (bugʻ qozonlari va boshqalar), qishloq xoʻjaligi mashinalari, akkumulyator, kabel zavodlari, rangli metallurgiya, qurilish materiallari korxonalari va boshqa bor.

P.ning sanoati 19-asrning oxiridan rivojlana boshladi (sement zavodi, tayyor qismlardan "Zinger" tikuv mashinalari yigʻish zavodi va boshqa qurildi).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil