Pogonofobiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pogonofobiya — soqoldan, shu jumladan, soqolli kishilardan qoʻrqish va nafratlanish kassalligi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pogonofobiya atamasi yunoncha pogon (pigōn) soqol va fobos (phobos) qoʻrquv soʻzlaridan olingan[1]. Ushbu atamaga antonim sifatida „pogonofiliya“, yaʼni soqol yoki soqolli odamlarga boʻlgan muhabbat tuygʻusi qabul qilingan.

David Smith qalamiga mansub, 1851-yilda nashr etilgan „Isloh qilingan Presviterian cherkovi“ning „The Covenanter“ (Shartnomachi) kitobida Baden iyezuitlari iyagini koʻrgan demokrat pogonofobiyadan aziyat chekayotganligini tasvirlaydi[2].

Atama odatda hazil-mutoyiba bilan qabul qilinadi[3]. 1920-yillarda psixolog John B. Watson yosh bolada qoʻrquvning ushbu turini shartli reflekslar usullari yordamida davolash usuluni yaratishga erishadi[4].

2013-yilning avgust oyida Ogayo shtatidagi Wright shtat universitetining tarix fani o‘qituvchisi hamda „The Beard Movement in Victorian Britain“[5] kitobining muallifi Christopher Oldstone-Moore shunday degan edi: „O‘tgan asrda yuzdagi tuklarning o‘ziga xos turmaklanishi shaxsiyatning shubhali boʻysunmaslik chizig‘ini aks ettiradi deb hisoblangan. Siyosatchilar, davlat xizmatchilari va ishbilarmonlar, shuningdek jurnalistlar ustaradan voz kechsalar, oʻz obroʻlarini xavf ostiga qoʻyishardi[6].

Soqol qoʻyish bilan bogʻliq yuzdagi tuklarga asoslangan kamsitish holatlari boʻyicha turli madaniyatlarda farq borligi qayd etilgan[7]. Turli diniy guruhlarning soqolga boʻlgan munosabatlari, jumladan yahudiylik va islomda alohida masala hisoblanadi. Baʼzi diniy jamoalar va oqimlarda soqol qoʻyish talab qilinadi va oldirish taqiqlanadi. Bu kabi holatlar esa oʻsha jamiyatning meʼyorlari va tushunchalariga taʼsir qiladi[8].

BBC boʻyicha ayblovlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil avgust oyida Jeremy Paxman soqol qo‘ygan holda BBCning Newsnight dasturida koʻrinish bergani uchun ko‘plab gazeta va nashriyotlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga uchraydi. Bu holatdan ranjigan jurnalist, oʻz ish beruvchilarini pogonofobiyada ayblaydi[9]. Paxman shunday deydi: „Agarda siz Only Fools and Horsesdagi Albert amaki, Demis Roussos yoki Abu Hamzalardek boʻlmasangiz, BBC sizni omadsiz shaxs deb hisoblaydi hamda sizga nisbatan alban diktatori Anvar Xoʻja kabi pogonofobik xarakterini namoyish etadi[10]. Keyinchalik u shunday deb yozgan edi: „Gap shundaki, men odatda soqolni yoqtirmayman“. U qanday qilib Soqolni ozod qilish fronti uchun „plakatchi bola“ boʻlganini taʼkidlab, „bu yelkasida juda ogʻir yuk“ boʻlganligidan afsusda ekanligini eslab oʻtadi[11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Quinion. „Pogonotrophy“. World Wide Words (2013-yil 17-avgust). Qaraldi: 2013-yil 6-oktyabr.
  2. Smith, David A. The Covenanter: Devoted to the Principles of the Reformed Presbyterian Church. William S. Young, 1851 — 215 bet. 
  3. Quinion. „Pogonotrophy“. World Wide Words (2013-yil 17-avgust). Qaraldi: 2013-yil 6-oktyabr.
  4. Doctor, R. M.. The Encyclopedia of Phobias, Fears, and Anxieties, Third, New York: Facts On File Inc., 2008 — 82 bet. ISBN 978-0-8160-6453-3. 
  5. Oldstone-Moore, Christopher (Autumn 2005). "The Beard Movement in Victorian Britain". Victorian Studies (Indiana University Press) 48 (1): 7–34. doi:10.2979/VIC.2005.48.1.7. https://archive.org/details/sim_victorian-studies_autumn-2005_48_1/page/7. 
  6. Lowther. „A history of beards in the workplace“. BBC News (2013-yil 14-avgust). Qaraldi: 2013-yil 15-avgust.
  7. „Are you a beardist?“. BBC World News (2002-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 6-oktyabr.
  8. „Fear Of Beards“. FearOf.net. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  9. Halliday, Josh. „Jeremy Paxman's beard tickles Newsnight viewers and Twitter“. The Guardian (2013-yil 13-avgust). Qaraldi: 2013-yil 6-oktyabr.
  10. „Jeremy Paxman 'may keep' notorious Newsnight beard“. BBC News (2013-yil 13-avgust). Qaraldi: 2013-yil 6-oktyabr.
  11. Paxman, Jeremy. „Jeremy Paxman: It's only a beard but it's a big burden“. Daily Telegraph (2013-yil 17-avgust). Qaraldi: 2013-yil 6-oktyabr.

Qoʻshimcha oʻqish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]