Pokiston ayollar futboli milliy chempionati
Davlat | Pokiston |
---|---|
Konfederatsiya | AFC |
Tashkil etilgan | 2005 |
Jamoalar soni | 19 (2021) |
Amaldagi chempion |
Pakistan Army (2-marta) |
Eng koʻp marta chempion | Young Rising Stars F.F.C. (5 marta) |
TV hamkorlar | PTV Sports telekanali |
Veb-sayt | NWFC |
Joriy mavsum: 2022-yilgi mavsum Pokiston ayollar futboli milliy chempionati |
Pokiston ayollar futboli milliy chempionati Pokistondagi ayollar futbol klublari uchun eng yaxshi kubok musobaqasi boʻlib, erkaklar ortasida otkaziladigan Pokiston milliy futbol kubogiga tenglashtirilgan. Pokiston ayollar futboli milliy chempionati 2005-yilda Pokiston futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan[1].
Pokiston ayollar futboli milliy chempionatida Young Rising Stars musobaqa tarixidagi eng muvaffaqiyatli jamoa boʻlib, besh marta gʻalaba qozongan (shu jumladan 2010-yildan 2013-yilgacha ketma-ket toʻrt marta chempion boʻlgan)[2]. WAPDA jamoasi esa eng koʻp final oʻyinlarini oʻtkazgan (7), shulardan bir martasida gʻalaba qozongan[3] va olti marta magʻlub boʻlgan. Eng soʻnggi chempion Pokiston Army jamoasi hisoblanadi[4].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pokiston ayollar futboli milliy chempionatining ilk mavsumi 2005-yilda Pokiston Futbol Federatsiyasi (PFF) tomonidan tashkil etilgan.
2010-yil 4-avgust kuni Pokiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Faisal Solih Hayat Pokiston ayollar futboli milliy chempionatining eng yaxshi futbolchisi sovrinini sobiq Diya WFC yarim himoyachisi Misha Dovud nomiga baʼgishladi. Misha 2010-yil 28-iyulda Margalla tepaligida halokatga uchragan Airblue Flight 202 reysida boʻlgan edi[5].
PFFdagi 2015-yilgi siyosiy va sud-huquq inqirozi tufayli Pokiston ayollar futboli milliy chempionati[6] 2015-yildan 2018-yilgacha oʻtkazilmagan.
2021-yilgi mavsumda esa Pley-off bosqichi boshlanishidan oldin chempionat toʻxtatildi. Bunga hech qanday rasmiy sabab keltirilmadi, biroq bu qaror Pokiston futbol federatsiyasi ofisiga hujum uyushtirilgani va uning sobiq prezidenti Sayid Ashfaq Husayn Shoh garovga olinganidan 1 oy oʻtib qabul qilingan edi. Shuning uchun ham ushbu holat keskin noroziliklar keltirib chiqarmadi[7].
Formati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pokiston ayollar futboli milliy chempionatida ishtirok etgan jamoalar soni yillar davomida oʻzgarib turdi. Birinchi mavsumda 8 ta jamoa ishtirok etgan boʻlsa, yillar sayin jamolar soni oshib borib 2018-yilgi mavsumga kelib jamolar soni 16 taga yetdi[8][9].
2021-yilgi musobaqada Pokiston ayollar futboli milliy chempionati toʻrt guruhga boʻlingan holda 20 ta jamoa orasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Jamolar jami 59 ta oʻyinda ishtirok etishi kerak edi. Biroq jamolardan biri turnir boshlanishidan oldin musobaqani tark etdi va 2021-yilgi turnir 19 ta jamoa orasida oʻtkazildi[10].
Turnir xulosasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]No. | Yil | Jamolar soni | Chempion | Ikkinchi oʻrin | Uchinchi oʻrin | Toʻrtimchi oʻrin | Mavsumning eng yaxshi oʻyinchilari | Mavsumning eng yaxshi toʻpurarlari | Mavsum darvozabonlari |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2005 | 8 | Punjab | WAPDA | Balochistan | Sindh | Munazzeh Shahid | Khalida Noor | - |
2 | 2006 | 12 | WAPDA | Islamabad | Balochistan Red | Sindh Greens | Mejzgaan Orakzai | Rifat Mehdi | - |
3 | 2007 | 14 | Sports Sciences Department | Afghanistan | Diya | Balochistan | - | Rifat Mehdi | - |
4 | 2008 | 13 | Young Rising Stars | WAPDA | Sports Sciences Department | Islamabad | Nadia Bhatti | Hajra Khan | Saba Awan |
5 | 2009 | 13 | Malavan BAg | Sports Sciences Department | Young Rising Stars | WAPDA | Mariam Irandost | - | - |
6 | 2010 | 12 | Young Rising Stars | WAPDA | Sports Sciences Department | Islamabad | Hajra Khan | Malika-e-Noor | Syeda Mahpara |
7 | 2011 | 16 | Young Rising Stars | Diya | WAPDA | Balochistan United | Hajra Khan | Malika-e-Noor | Syeda Mahpara |
8 | 2012 | 12 | Young Rising Stars | WAPDA | Balochistan United | Islamabad | Asmara Habib Kiani | Hajra Khan | Syeda Mahpara |
9 | 2013 | 16 | Young Rising Stars | Balochistan United | Pakistan Army | Islamabad | |||
10 | 2014 | 16 | Balochistan United | WAPDA | Pakistan Army | Diya | Malika-e-Noor | Hajra Khan | Syeda Mahpara |
11 | 2018 | 14 | Pakistan Army | WAPDA | Punjab | Karachi United | Khadija | Masooma Chaudhry | Syeda Mahpara |
12 | 2019- 2020 | 20 | Pakistan Army | Karachi United | WAPDA | Punjab | Suha Herani | Sahar Zaman | Syeda Mahpara |
13 | 2021 | 19 | Mavsum oʻrtasida Covid-19 tufayli bekor qilingan | - | - | - | - | - | - |
Final oʻyinlari roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klublar reytingi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub nomi | Chempion | Ikkinchi oʻrin | Chempion boʻlgan mavsum (lar) | Ikkinchi oʻrinni olgan mavsum (lar) |
---|---|---|---|---|
Young Rising Stars | 5 | 0 | 2008, 2010, 2011, 2012, 2013 | - |
Pakistan Army | 2 | 0 | 2018, 2019-2020 | - |
WAPDA | 1 | 6 | 2006 | 2005, 2008, 2010, 2012, 2014, 2018 |
Balochistan United | 1 | 1 | 2014 | 2013 |
Sports Sciences Department, University of e Punjab | 1 | 1 | 2007 | 2009 |
Malavan BAg | 1 | 0 | 2009 | - |
Punjab | 1 | 0 | 2005 | - |
Afghanistang | 0 | 1 | - | 2007 |
Diya | 0 | 1 | - | 2011 |
Islamabad | 0 | 1 | - | 2006 |
Karachi United | 0 | 1 | - | 2019-2020 |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „SPORTS WORLD: Women add glamour to soccer; Punjab lift champ trophy“ (inglizcha). Brecorder (15-oktabr 2005-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Young Rising Star WFC reaches 4th pinnacle [Tribune“]. footballpakistan.com. Express Tribune (10-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2018-yil.
- ↑ „Wapda lift women soccer trophy“ (inglizcha). DAWN.COM (30-avgust 2006-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
- ↑ Sports. „Army beats Karachi United 7-1 to claim National Women's Championship“. ARYSports.tv (13-yanvar 2020-yil). 11-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
- ↑ „PFF dedicates best player trophy to Misha Dawood“ (inglizcha). Brecorder (4-avgust 2010-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
- ↑ „ʻWomen football also in decline due to PFF political crisis’: Women NT stars to FPDC“. footballpakistan.com (30-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 18-aprel 2021-yil.
- ↑ Lakhani, Faizan. „National Women Football Championship called off after PFF office takeover“. Geo Super (28-mart 2021-yil). Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
- ↑ „Venue for National Women’s Football C’ship yet to be decided [APP“]. footballpakistan.com. APP (23-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2018-yil.
- ↑ „National Women Football commences today [The Nation“]. footballpakistan.com. The Nation (16-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2018-yil.
- ↑ „National Women’s Football Championship to start from March 8 in Karachi“. footballpakistan.com (18-fevral 2021-yil). Qaraldi: 21-fevral 2021-yil.
- ↑ „WOMEN’S SOCCER: Khadija strikes as Punjab lift title“ (inglizcha). DAWN.COM (30-sentabr 2005-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
- ↑ „SPORTS WORLD: Women add glamour to soccer; Punjab lift champ trophy“ (inglizcha). Brecorder (15-oktabr 2005-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Wapda lift women soccer trophy“ (inglizcha). DAWN.COM (30-avgust 2006-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Lahore Club claim women soccer title“ (inglizcha). DAWN.COM (25-avgust 2007-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Giant-killer Rising Star stun Wapda“ (inglizcha). The Nation (31-avgust 2008-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Iran win Pakistan National Women Football Championship“ (inglizcha). Mehr News Agency (16-avgust 2009-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Malavan FC thrash Sports Sciences to clinch football title“ (inglizcha). DAWN.COM (12-avgust 2009-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Young Rising Stars beat WAPDA to win NWFC“ (inglizcha). DAWN.COM (6-avgust 2010-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Young Rising Star beat Diya FC to clinch National Women Championship“. dawn.com. DAWN (30-sentabr 2011-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2018-yil.
- ↑ „Young Rising Star fight hard to retain Women Championship“. footballpakistan.com. FPDC (9-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2018-yil.
- ↑ „Young Rising Star WFC reaches 4th pinnacle [Tribune“]. footballpakistan.com. Express Tribune (10-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2018-yil.
- ↑ „Balochistan United WFC thrash WAPDA 7-0 to win National Women’s Championship in style“. footballpakistan.com. FPDC (30-avgust 2014-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2018-yil.
- ↑ „Army annex National Women Football trophy“ (inglizcha). The Nation (26-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
- ↑ Pakistan Army trounces Karachi United 7-1 to life NWFC Football Pakistan.com 13 January 2020 Retrieved 26 February 2021
- ↑ „Pakistan Army trounces Karachi United 7-1 to lift NWFC trophy“ (inglizcha). www.geo.tv. Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.