Pokiston mustaqillik kuni
Pokiston Mustaqillik kuni (urducha یوم استقلال) Pokistonning milliy bayramidir. 1947-yildan beri har yili nishonlanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bayram Pokiston mustaqil davlatga aylangan 14-avgust kuni nishonlanadi. Mustaqillik kuni butun mamlakat boʻylab milliy bayroqni koʻtarish, milliy qahramonlarga hurmat bajo keltirish va Islomobodda otashinlar otilishi bilan nishonlanadi. Asosiy bayramlar poytaxtda boʻlib oʻtadi, u yerda prezident va bosh vazir parlament binosi ustida davlat bayrogʻini koʻtarib, tabrik soʻzlari bilan chiqishadi (jonli efirda). Rahbarlar o‘z chiqishlarida hukumat erishgan yutuqlar, istiqboldagi vazifalar haqida gapiradi.
Nishonlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]14-avgust kuni Pokistonning barcha viloyatlari poytaxtlarida madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Butun mamlakat shaharlarida shahar nozimi tomonidan bayroq koʻtarish marosimi oʻtkaziladi. Turli xususiy tashkilotlarda bayroqni koʻtarish ushbu tashkilot rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Muhammad Ali Jinna maqbarasida ham qorovul almashadi.
2010-yil 14-avgustda Mustaqillik bayrami nishonlanmadi, chunki oʻsha paytda mamlakat suv toshqini oqibatlari bilan kurashayotgan edi. Ushbu kunda anʼanaviy ravishda oʻtkaziladigan barcha rasmiy harbiy va hukumat tadbirlari bekor qilindi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |