Kontent qismiga oʻtish

Poliamid tolalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Poliamid tolalar — poliamidlar eritmasidan tayyorlanadigan sintetik tolalar Poliamid tolalar olish uchun, odatda, mol. m. 15000 dan 30000 gacha boʻlgan chi-ziqsimon poliamidlardan foydalaniladi. Poliamid tolalar pishiq, juda qayishoq, yeyilmaydi, koʻpgina kimyoviy moddalar taʼsiriga chidamli, oʻziga boʻyoq oladi. Konsentrlangan mineral kislotalarda (ayniqsa, qaynatilganda), fenol, krezol va boshqalarda eriydi. Bir xil tolalar termooksidlanishga, yorugʻlik-ka, ayniqsa, ultrabinafsha nurlarga chidamsiz; bu kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida poliamidga turli mikroqoʻshimchalar (turli metall tuzlari, aromatik aminlar va hokazo) qoʻshiladi. Poliamid tolalarni tayyorlash texnologik ja-rayoni 3 bosqichdan: polimerii sintez qilish, tolani shakllantirish va ishlov berishdan iborat. Poliamid tolalar ning quyidagi turlari bor: Poligeksameti-lenadipinamid tolasi — anid (MDH mamlakatlari), naylon (AQSH), perlon, dederon (GFR), maranil, luron (Angliya). Poli —e—kaproa-mid tolasi — kapron (MDH mamlakatlari), neylon, kaprolon (AQSH), perlon (GFR), silon (Chexiya), amilan (Yaponiya), akulon (Gollandiya), grilon (Shveysariya), Pol i - w- ena ntoa-mid tolasi — enant (MDH mamlakatlari), naylon (AQSH). Poli-shundekanamid tolasi — undekan (MDH mamlakatlari), naylon (AQSH), rolsin (Angliya), rilsan (Fransiya, Italiya). Poliamid tolalar uzluksiz ip va shtapel tola xrlida chiqariladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil