Kontent qismiga oʻtish

Poliembrioniya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Poliembrioniya (poli... va embrion), hayvonlarda — bitta zigotadan bir necha embrion (egizak)ning rivojlanishi. 1 ta tuxumdan hosil boʻlgan egizaklar 1 ta jinsga mansub boʻladi. P.ning muayyan tur uchun xos maxsus va tasodifan sodir boʻladigan sporadik xillari mavjud. Spetsifik P. mshankalar, yaydoqchi pardaqanotlilar, sovutli sut emizuvchilar uchun xos. M., ayrim yaydoqchilarning 1 ta tuxumidan 3000 ga yaqin lichinka, sovutlilarda 7— 9 tagacha embrion rivojlanadi. Spora-dik P. barcha hayvonlar uchun xos, ayniqsa, gidroid poliplar va yomgʻir chuvalchanglarida koʻp uchraydi.

Umurtqali hayvonlar va odamda sporadik P. murtakning gastrulyasiya davrida yoki undan oldin bir necha qismga boʻlinib, har bir qismning mustaqil rivojlanishidan kelib chiqadi. Odamda sporadik P. orqali 2—5 ta 1 ta jinsga mansub genetik jihatdan bir xil egizaklar tugʻilishi mumkin.

Oʻsimliklarda P. — 1 ta urugʻda bir necha murtakning rivojlanishi. Haqiqiy P.da murtak xaltasida 1 ta zigotadan bir necha murtak rivojlanadi (ayrim lolalarda). Soxta P. urugʻkurtakda bir necha murtak xaltasi (qulupnay) yoki 1 ta murtak xaltasida 4 tadan 1 ta emas, bir necha megaspora rivojlanishi bilan bogʻliq.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil