Kontent qismiga oʻtish

Polifoniya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Polifoniya (lotincha: polyphonia poli... va fon) — ovoz (kuy)larning ifodaviy-badiiy oʻzaro tengligiga asoslangan koʻp ovozlilik turi. Aksi — gomofoniya. Turli xalqlar musika merosida va kompozitorlar ijodida asosan 3 ta Polifoniya turi ajratiladi: kuy va unga joʻr boʻluvchi variantlarning baravar sadolanishiga asoslangan yordamchi ovozli Polifoniya; ovozdan ovozga oʻtadigan bitta kuy (mavzu)ga asoslangan imitatsiyalp Polifoniya; bir necha mustaqil kuy bir vaqtning oʻzida sadolanishiga asoslangan kontrastmavzuli Polifoniya Yevropa kup ovozli musikasida 9-asrdan maʼlum (organum, diskant, diafoniya, kontrapunkt). Tarixiy rivojida katʼiy (15—16-asrlar, yetuk misollari Niderland maktabi vakillari, Palestrina va boshqa ijodida) va erkin (17-asrdan, I.S. Bax, G. F. Gendel va boshqalar) Polifoniya davrlari ajratiladi. 20-asrda I. Stravinskiy, D. Shostakovich, Polifoniya Xindemit, O. Messian, B. Britten, V. Lyutoslavskiy va boshqa ijodida shaklan va usluban boyidi. Oʻzbekiston kompozitorlari (G. Mu-shel, T. Qurbonov va boshqalar) Polifoniya ga muhim oʻrin ajratib, uni oʻzbek musiqa merosiga xos bayon va rivojlanuv xususiyatlar bilan uzviy boglashga intilishgan. Polifoniya oʻquv fan i sifatida maxsus musika taʼlim tizimiga kiritilgan. Uzbek musiqashunoslari 20-asr oʻrtalaridan uzbek bastakorlari ijodida Polifoniya va monodiya uygʻunlashuviga asoslangan yangi —polimonodiya uslubini ham ajratadilar. Mazkur uslub muayyan sozlar temb-ri, oʻzaro farqlanuvchi sadolar yoʻnalishi, cholgʻular yoki ansambl ovozlarining oʻziga xosligi bilan belgilanadi. Dastlab u K. Jabborov, M. Mirzayev va, ayniqsa, F. Sodikov kabi bastakorlarning cholg'u kuylari va ayrim ashula asarlarida shakllangan. Keyinchalik N. Qulabdullayevning "Oʻylamang", A. Ismoilovning "Uchrashuv", "Holim soʻrma", "Favvora", "Toʻyona" kabi asarlarida yorqin ifodasini topgan.

  • Koralskiy A., Polifoniya v tvorchestve kompozitorov Uzbekistana. — Voprosi muzikoznaniya, vip. 2, T., 1971; Qurbonov T., Polifoniya, T., 1991.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil