Kontent qismiga oʻtish

Polikristallar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Polikristallar - tartibsiz joylashgan va bir-biriga kirishib ketgan koʻp sonli mayda kristallardan tashkil topgan qattiq jismlar. Tabi-atda uchraydigan va sintez usuli bilan olinadigan koʻpgina materiallar (togʻ jinslari, metallar, krtishmalar va hokazo) P. hisoblanadi. P. xossalari uni tashkil qilgan kristall zarrachalarining xossalari va oʻlchamlariga (1 — 2-10~6 mkm dan bir necha mm gacha), ularning oriyentatsiyasi va chegaralarining tuzilishiga bogʻliq. Agar kristall zar-ralari tartibsiz oriyentatsiyalangan va ularning oʻlchami P. oʻlchamidan kichik boʻlsa, P.da monokristallarga xos anizotropiya xususiyati vujudga kelmaydi. Agar kristall zarrachalari maʼlum da-rajada kristallografik oriyentatsiyalangan boʻlsa, P. teksturlangan hisoblanadi va u anizotropiya xususiyatiga ega boʻladi. Kristall zarrachalari chegaralarining qoʻshilib ketishi P. ning fizik, ayniksa, mexanik xossalariga taʼsir qiladi; chegaralarda oʻtkazuvchan elektronlarning sochilishi, disloka-siyalarnchnt susayishi va hokazo kuzatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil